Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Qo‘qonda qizlar futbol jamoasi tuzilmoqda

Qo‘qonda qizlar futbol jamoasi tuzilmoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol federasiyasi kelgusi mavsumda oliy liga jamoalari oldiga jiddiy talablarni qo‘ymoqda.

Shunday talablardan biri sifatida  har bir jamoa qoshida qizlar futbol jamoasining bo‘lishi shartligi ko‘rsatilgan. “Qo‘qon-1912” futbol klubi ushbu talablarni bajarish borasida sa’y-harakatlarni boshlab yuborgan.

“Qo‘qon-1912” jamoasining kelgusi mavsumda mini futbol va qizlar futboli jamoalari bo‘ladi. Kuni kecha Qo‘qon Davlat Pedagogika institutining jismoniy tarbiya fakultetida taxsil olayogan qizlar bilan “Qo‘qon-1912” jamoasi raxbariyati uchrashuv o‘tkazdi.

Bu uchrashuvdan ko‘zda tutilgan maqsad, talaba qizlar orasida futbolga iqtidori bor qizlarni jamoa mashg‘ulotlariga jalb qilish bo‘ldi. Uchrashuvda “Qo‘qon-1912” futbol klubi bosh direktori Baxtiyorjon Tolipov sportchi qizlarni jamoaning maqsad va vazifalari xamda qizlar jamoasiga yaratiladigan sharoitlar bilan tanishtirdi.

O‘z navbatida talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan tadbirda faol ishtirok etishdi. Ko‘plab futbolsevar qizlar o‘zlarini jamoada sinab ko‘rish istagini bildirdilar.

“Qo‘qon-1912”ning  qizlar jamoasiga Mirsaid Mirolimov bosh murabbiy etib tayinlandi. Murabbiy bo‘lib o‘tadigan mashg‘ulotlar davomida iqtidorli qizlarni jamoaga tanlab oladi.

Shu bilan birgalikda jamoaga oliy liga jamoalarida to‘p surgan iqtidorli futbolchi qizlar ham jalb qilinadi. Maqsad tajribali futbolchilar bilan birgalikda mahalliy  yosh iqtidorlarni xam jamoaga jalb qilib borish.

Shuningdek Qo‘qon pedagogika kollejidan ham bir nechta qizlar mashg‘ulotlarga jalb qilingan. Mashg‘ulotlar Qo‘qon Davlat Pedagogika Institutiga qarashli maydonda bo‘lib o‘tadi.

“Qo‘qon-1912”  jamoasi futbolga iqtidori bor qizlarni jamoa ko‘rigiga taklif qiladi. Kim mashg‘ulotlarda o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lsa , 21-noyabr kuni soat 14-00 da QDPIga qarashli stadionga taklif qilamiz. Batafsil ma’lumot uchun telefon : +998 91 683 69 96.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 17:07, 16.11.2017.
O'qildi: 2277 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.