Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

"Qo‘qon-1912" bosh direktori super liga tashkil etish taklifini ilgari surmoqda

"Qo‘qon-1912" bosh direktori super liga tashkil etish taklifini ilgari surmoqda

Baho:
+ | -

- O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan keyingi yilda oliy ligada 12 ta jaoma ishtirok etishi haqida qaror qabul qilindi.-deya bu borada o‘z munosabatlarini bildirdi, “Qo‘qon-1912” futbol klubi bosh direktori Baxtiyorjon Tolipov.

– Qaror qabul qilindimi demak bizning vazifamiz bu qarorni bajarish. Bizning jamoamiz bu mavsum yaxshi ishtirok etdi va birinchi davradagi yig‘ib olingan ochkolarimiz, qolaversa ikkinchi davradagi o‘yinlarimiz orqali jamoamizni keyingi yilda xam oliy ligada ishtirok etishi ta’minlandi. Meni shaxsiy fikrim oliy ligada 12ta jamoani ishtirok etishi , chempionatni yanada qiziqarli o‘tishiga xizmat qiladi. Chempionat 3-davrali tizim asosida o‘tkazilishi haqida biroz fikrim boshqacharoq edi. Masalan 3-davra o‘yinlarida yana barcha jamoalar qur’a tashlash orqali bir-birlari bilan o‘ynashar ekan. Agar shu qismiga o‘zgartirish kiritilsa, ya’ni 1-6 o‘rinnni egallagan jamoalar sovrinli o‘rinlar uchun bir-birlari bilan uy-safar tizimida o‘yin o‘tkazishsa, 7-12 o‘rinni egallagan jamoalar esa xuddi shu yo‘sinda kuchlilar safida qolish uchun kurashishsa yanada qiziqarli o‘yinlar ko‘payyar edi degan fikrdaman. Bunda sport tamoyillari ham buzilmagan bo‘lar edi.

Lisenziyalash bo‘yicha talablar oldin ham bo‘lgan, klubimiz bu masalada OFK talablarini bajarib kelgan. Bu masala biz uchun yangilik emas. Bizdagi asosiy qiladigan ishlarimizni belgilab olganmiz. Birinchi o‘rinda stadionimizdagi yoritish tizimini OFK talablari bo‘yicha yangilash borasida ishlar boshlandi.Bu borada harakat boshlaganmiz. Elektr tarmoqlari korxonasidagi mutaxasislar bilan kelishib oldik. Stadion yoritgichlari yangilanadi.

Ikkinchi masala ayollar futboli. Bu borada ham ishlarni boshladik. Ayollar jamoamiz tashkil qilinmoqda. Bu jamoaga bosh murabbiy qilib Mirsaid Mirolimov tayinlandi. Shu kunlarda bu jamoa o‘zining o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshlaydi. Uchinchi masala bu mini futbol jamoasi. Biz klubimiz qoshida mini futbol jamoasiniyam tashkil qildik. Bu jamoaga Muhammadjon Inog‘omov ma’sul bo‘ladi. Kelgusi yilda bu jamoalarimiz 1-liga musobaqalarida ishtirok etishadi.

Futbol maktablari bo‘yicha aytadigan bo‘lsam, xabaringiz bor jamoamiz qoshida 5 nafar murabbiy futbol maktablarimizda bolalar bilan ishlab turibdi. Kelgusi yilda bu maktablarimizning moddiy texnika bazasini kuchaytiramiz. Turli yoshdagi bolalar o‘rtasida respublika chempionatlarini o‘tkazilishi borasidagi qaror ham to‘g‘ri qabul qilingan deb hisoblaman. Bu turnirlar yosh futbolchilarni yetishib chiqishida katta axamiyat kasb etadi.
Talablardan biri oliy ligada asosiy tarkibda 19 yoshli futbolchini o‘ynashi majburiyligi haqida. Bu masalada murabiiylarda ham savollar tug‘ilmoqda. Chunki oliy ligada 12ta jamoa bo‘ladigan bo‘lsa , shu yoshdagi 12 ta, jaroxat olishi yoki kartochkalar bo‘yicha diskvalifikasiyalarni hisobga olganda 24ta talantli futbolchini topish biroz qiyinroq bo‘ladimi deb o‘ylayman. Chunki biz xam muxlislar ham bosh murabbiydan avvalo natijani talab qilamiz. Murabbiy buning uchun tajribali , o‘yinni kuchaytiradigan futbolchini maydonga tushirishni istaydi. Bu yerda ham sport tamoyillari biroz buzilgandek. To‘g‘ri dunyoda Pogba, Mbappe,Sane kabi iqtidorli yoshlarni ko‘ryapmiz, lekin ular dunyo miqyosida olganimizda ham sanoqli xolos. Biz esa O‘zbekistonda shunday yoshlarni xar turda 12tasini o‘ynatishimiz kerak bo‘lyapti. Qolaversa o‘yin qaydnomasiga 18ta futbolchi kiritiladi xolos. Bundan ikkitasi darvozabon bo‘lishi aniq. Yana ikkita yosh futbolchini kiritilsa, yoshi kotta tajribali futbolchiga qaydnomada ham o‘rin yo‘qoladi. Endi yana bir tomoni bu yosh futbolchini bir yil o‘ynatdik, keyingi yil u oliy ligaga tortmasachi ? O‘z-o‘zidan uni bosh murabbiy tarkibdan chiqaradi. Uning o‘rniga yana boshqa 19-yoshli futbolchini maydonga tushirish kerak bo‘ladi. Manimcha bu masalani xam bir o‘ylab ko‘rilsa yaxshi bo‘lar edi.

Shu o‘rinda menda bir taklif bor edi. Bu taklifni O‘FFda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdan keyin ham rahbarlarga aytdim. 12ta jamoa ishtirok etadigan ligani “super liga ” deb atasak, 1- ligani esa oliy liga deb atasak qanday bo‘larkin ?

Bizda yangi talablar bo‘yicha muammolar yo‘q. Ko‘rsatilgan muddatlarda biz barcha talablarni bajaramiz. O‘zingizni xabaringiz bor O‘zbekiston respublikasi vazirlar maxkamasining 22-avgust 2017-yildagi ,”2017-2019-yillarda Qo‘qon shahrini kompleks rivojlantirish to‘g‘risida”gi 658-qaroriga asosan bizni “Markaziy” o‘yingohimizga o‘n milliard so‘m mablag‘ ajratilmoqda. Bu mablag‘ni 4 milliard so‘mi 2018-yilda, 6 milliard so‘mi esa 2019-yilda bizga beriladi. Mana shu mablag‘lar bilan stadionimiz to‘liq rekonstruksiya qilinadi. Yoritish tizimlari yangilanadi, o‘rindiqlar soni ko‘paytiriladi, stadion maydoni ham yaxshilanadi. Xozirgi bizga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha stadion sig‘imi eng kamida besh ming o‘rinli bo‘lishi lozim deyilgan, bizda hozirni o‘zida stadionimizga o‘n min tomoshabin sig‘adi. Rekonstruksiyadan keyin esa bu raqamlar yanada ko‘payadi. Stadiondagi ommaviy axborot xodimlariga yaratilgan sharoitlarimiz xam talab darajasida, lekin biz bu joyni ham yanada kengaytiramiz va qulayliklarni oshiramiz.O‘ylaymanki biz kelgusi yangi formatdagi chempionatda xam o‘z so‘zimizni aytamiz va muxlislarimizni xursand qilishda davom etamiz !

“Futbol ekspress” gazetasidan olindi.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 09:42, 18.11.2017.
O'qildi: 4370 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.