Kirish Ro'yxatdan o'tish

Uels terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqdi

Uels terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqdi

Baho:
+ | -

Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Kris Koulmen iste’foga chiqdi. 

47 yoshli mutaxassis o‘z xohishiga ko‘ra ushbu qarorni qabul qilgan, deya xabar qilmoqda Uels FA rasmiy sayti.

Koulman terma jamoani 2012 yilda qabul qilib olgan va uni Yevro-2016 musobaqasi yarim finaliga qadar olib borgandi. JCH-2018 saralash bosqichida esa uelsliklar musobaqaga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy berdilar.

Avvalroq, Koulman «Sanderlend»da ish boshlashga tayyorligi aytilgandi. Ta’kidlanishicha, mutaxassis ertadan boshlab «qora mushuklar» boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 20:17, 18.11.2017.
O'qildi: 1759 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик