Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

«Qo‘qon-1912»: O‘rinbosarlarimiz muhim g‘alabaga erishishdi

«Qo‘qon-1912»: O‘rinbosarlarimiz muhim g‘alabaga erishishdi

Baho:
+1 | -

Bugungi turgacha o‘rinbosarlar tarkibimiz "Buxoro" jamoasi bilan bir xil  50 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 3 va 4 pog‘onalarini  band etib turishgandi. Chempionat tugashi arafasida jamoamiz uchun har bir ochkoning qimmati baland. Sababi, Muhsin Nizomitdinov shogirdlari mavsumni sovrindorlar qatorida yakunlashni maqsad qilishgan.

Futbolchilarimiz uchrashuvni hujumkor ruhda boshlashlari kutilgandi va o‘yin boshidan hujumkorlikka zo‘r bergan vakillarimiz 20-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Ketma - ket xujumlar nixoyat o‘z samarasini berdi. Abror Rahmonov ajoyib zarbasi bilan raqib posbonini ojiz qoldirdi.

Birinchi bo‘lim davomida futbolchilarimizda raqib darvozasini yana ishg‘ol etish uchun ko‘plab vaziyatlar vujudga keldi. Ammo ulardan foydalana olmaslik natijasida gol o‘tkazib yubordik. Birinchi taymning so‘nggi daqiqalarida mezbonlar burchak zarbasidan so‘ng hisobni tenglashtirishdi. Gol muallifi - Sahob Rashidov bo‘ldi.

Jamoalar tanaffusga shu hisobda chiqib ketishdi.

1-taym yakunlanish arafasida uchrashuv xakami Oybek Rustamovga 2-sariq va qizil kartochka ko‘rsatib, maydondan chetlatdi. Shu bois ikkinchi bo‘limni bir kishi kam bo‘lib boshladik.

72-daqiqada bir kishi kam bo‘lib o‘ynayotgan futbolchilarimiz raqib darvozasini ikkinchi bor ishg‘ol etishdi. Iqbol Malikjonov ajoyib zarbasi bilan vakillarimizni oldinga olib chiqdi. Malikjonovning goli yoshlar ligasidagi eng chiroyli gollardan biri bo‘ldi. Futbolchimiz chamasi 35 metrlardan ajoyib aylanma zarba bilan raqib posbonini dog‘da qoldirdi.

Gol o‘tkazib yuborgach, "So‘g‘diyona" futbolchisiga qizil kartochka ko‘rsatildi.

Murodxo‘ja  Jabborov xakamdan ikkinchi sariq va qizil kartochkani qabul qilib oldi. Maydonda futbolchilar soni tenglashgach, o‘rinbosarlarimiz yana hujumga o‘tishdi. Lekin yana o‘sha vaziyatlardan unumli foydalana olmaslik oqibatida raqib darvozasiga boshqa yo‘l topa olmadik.

Shu tariqa, Muhsin Nizomitdinov shogirdlari Jizzaxdan muhim uch ochko bilan qaytishdi.

Yoshlar ligasi 29-tur.

"So‘g‘diyona" - "Qo‘qon-1912"  - 1:2.

Gollar: Sahob Rashidov – 41. – Abror Rahmonov -20, Iqbol Malikjonov – 72.

"So‘g‘diyona": 21. Fazliddin Isomiddinov, 7. Azizbek Mirzayev, 13. Muhammad Yaxyoyev, 15. Nodir Quyboqov, 17. Murodxo‘ja Jabborov, 18. Shoxrux Akbarov, 19. Doston Oripov, 20. Sahob Rashidov, 22. Asil Orifov, 27. Ibrohim Qodirov, 90. Jasur O‘rinov.

Zaxira: 99. Shirinboy Abdullayev, 8. Muxsiddin Xolbekov, 9. Hayotjon Omonov, 10. Diyorbek Abdullayev, 14. Shaxzod Xamroqulov, 70. Shaxzod Xayitboyev, 93. Sindorbek Qobilov.

“Qo‘qon-1912”: 30. Islom Abdullayev, 6. Dilshod Baratov, 7. Oybek Rustamov, 10. Abror Rahmonov, 15. Ibrohim Ahmadjonov, 19. Doston Meliqo‘ziyev,  25. Ismoil Oxunjonov, 26. Baxtiyor Abdubannonov,  28. Avazxon Mamatxo‘jayev,  29. Iqbol Malikjonov, 33. Ibrohim Muxtorov. 

Zaxira: 12. Aziz Ashurov, 4. Ismoil Tolipov, 11. Ramz Isaqov, 20. Mo‘min Sodiqjonov, 31. Shukur Mo‘minov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 21:39, 18.11.2017.
O'qildi: 1962 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик