Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Video: O‘zbekistonlik sportchiga Ramzan Qodirovning sovg‘asi topshirildi

Video: O‘zbekistonlik sportchiga Ramzan Qodirovning sovg‘asi topshirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Aralash qoidali janglar bo‘yicha qator musobaqalar g‘olibi  Nursulton Ro‘ziboyev Rossiya Federasiyasining Grozniy shahrida 18 noyabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi va qozog‘istonlik raqibining ustidan g‘alabaga erishdi.

Amxad Janchurayev kuchli raqib hisoblansada “Black” taxallusi bilan muxlislar olqishlariga sazovor bo‘layotgan Nursulton birgina ishonchli harakat evaziga raqibidan ustun bo‘la oldi.

“Ahmad” sport klubining O‘zbekistondagi vakillaridan biri Nodir Qodirov tomonidan “18 noyabr O‘zbekistonda davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” sifatida nishonlanishi Rossiya Federasiyasi tarkibidagi Checheniston Respublikasida bo‘lib o‘tgan ushbu turnir davomida muxlis va sportchilarga eslatib o‘tildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ushbu musobaqadagi jang muxlislar e’tiboridan chetda qolmadi.

Nursulton Ro‘ziboyev va uning sekundantlari Checheniston Prezidenti Ramzan Qodirovning O‘zbekistonga tashrifi vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birga tushgan surati tushirilgan futbolkalarda arenaga kirib kelishdi.

Ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritgan hamyurtimiz, “Ahmad” sport klubi a’zosi Nursulton Ro‘ziboyevning ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritgani evaziga Ramzan Qodirov tomonidan avtomashina sovg‘a qilindi. Avtomobil kalitini Nursultonga Ramzan Qodirov nomidan hamyurtimiz ajoyib sportchi va murabbiy Nodir Qodirov taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, Nursulton Ro‘ziboyev o‘zining navbatdagi jangini 2017 yilning 17 dekabr kuni Grozniyda Igor Bayerga qarshi o‘tkazadi.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 11:08, 20.11.2017.
O'qildi: 6943 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.