Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Bahodir Pardayev: «Kerak bo‘lsa, pullarimni olaman»

Bahodir Pardayev: «Kerak bo‘lsa, pullarimni olaman»

Baho:
+ | -

Janubiy Koreyaning K League Challenge divizionida mavsum yakunlandi.  Xabaringiz bor, ushbu ligada o‘zbekistonlik ikki futbolchi - Bahodir Pardayev va Bahodir Nasimov bir mavsum mobaynida faoliyat olib borishdi.

Yakunda Pardayev to‘p surgan «Bucheon 1995» jamoasi beshinchi, Nasimovning «Ansan Griners» klubi esa 10ta jamoa qatnashgan ligada 9-o‘rin bilan kifoyalandi. «Bucheon 1995» 36ta uchrashuvda 52 ochko jamg‘ardi.

Klubni 3-o‘rindan bor-yo‘g‘i 3 ochko ajratib qoldi. Hujumchimiz mavsum boshida Koreya klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagandi.

Kelishuv muddati yakunlangach, Bahodir Toshkentga qaytib keldi. Biz Pardayev bilan uchrashib, undan K League Challenge taassurotlari yuzasidan intervyu oldik.

- Bahodir, K League Challenge chempionati yakunlandi. Nazarimizda taassurotlar siz uchun unchalik ham qoniqarli bo‘lmadi, to‘g‘rimi?

- Yo‘q, nega endi?! Ushbu mamlakat chempionatidagi ishtirokim o‘zim uchun juda ham yaxshi taassurotlar bilan esda qoldi. Faqat o‘yin amaliyoti borasida biroz ko‘nglim to‘lmadi.

- Taassurotning ijobiy tomoni nimada bo‘ldi?

- Birinchi navbatda, Janubiy Koreyada do‘stlar orttirdim. Mahalliy aholi bilan yaqindan tanishdim. O‘zim uchun ko‘plab yangi taktik usullarni o‘zlashtirdim. U yerda mashg‘ulotlar rang-barang uslubda olib borilar ekan. Shu tomonlama yutdim, deb o‘ylayman.

- O‘yin amaliyotining kamligi nima bilan bog‘liq bo‘ldi?

- Avvalambor, til masalasida qiynaldim. Inglizchada so‘zlashadiganlar deyarli yo‘q, desa ham bo‘ladi. Ikkinchidan, mavsum o‘rtasida klub rahbariyatida o‘zgarish ro‘y berdi.

Tabiiyki, yangi mutasaddilar ko‘p narsalarga o‘zgartirish kiritishdi. Uchinchidan, agentim va bosh murabbiy o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Mana shu sabablar muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishimga to‘sqinlik qildi.

- Balki, jamoangizning hujum chizig‘ida raqobat kuchli bo‘lgandir? Ularga aynan shu tomondan yutqazgandirsiz?

- To‘g‘risi, hujum chizig‘ida o‘ynayotgan jamoadoshlarimning hech biri mahorat bobida mendan ustun emasdi. Qolaversa, raqobatdan hech qachon qo‘rqmaganman.

Bu yerda umuman boshqa masala bo‘lgan. Yuqorida aytganimdek, hamma gap bosh murabbiyda. Qolaversa, klub rahbariyatining o‘zgargani ham salbiy ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.

- Demak, J.Koreyaga yo‘l olganingiz noto‘g‘ri qaror bo‘lmagan?

- Xuddi shunday. Men uchun Janubiy Koreya chempionatida to‘p surish qiziq edi va buni amalda sinab ko‘rdim. Har qanday holatda ham qarorimdan afsuslanmayman.

- So‘nggi suhbatimizda maoshni olish borasida muammo bo‘lyapti, degandingiz. Bu masala o‘z yechimini topdimi? DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:09, 23.11.2017.
O'qildi: 4300 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.