Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekistonlik hakamlar xalqaro musobaqalarda ishlashadi

O‘zbekistonlik hakamlar xalqaro musobaqalarda ishlashadi

Baho:
+ | -

Shu yilning 6-16 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarda Klublar o‘rtasida Jahon Chempionati bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov ushbu musobaqada o‘z brigadasi bilan ishtirok etadi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi.

Shuningdek, 6-16 dekabr kunlari Janubiy Osiyo futbol federasiyasi (SAFF) tomonidan o‘tkaziladigan terma jamoalar ishtirokidagi musobaqada Valentin Kovalenko bosh hakam, Ruslan Serazitdinov esa yordamchi hakam sifatida o‘yinlarni boshqaradilar.Mazkur turnirda Janubiy Koreya, Xitoy, KDXR, Yaponiya davlatlari terma jamoalari qatnashishini ham ta’kidlab o‘tish zarur.

Ushbu musobaqalar bir vaqtda ayollar jamoalari o‘rtasida ham o‘tkaziladi va unda O‘zbekistondan Edita Mirobidova bosh hakam, Zilola Rahmatova esa yordamchi hakam sifatida qatnashadi.

2018 yilning 9-27 yanvar kunlari Xitoyda o‘tkaziladigan 23 yoshgacha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida quyidagi hakamlarimiz ish olib boradilar: Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko, Ilgiz Tantashev, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik FIFA instruktori Farhod Abdullayev ushbu musobaqaga hakamlar yo‘riqchisi sifatida taklif etilgan.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 14:27, 28.11.2017.
O'qildi: 1908 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.