Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Barselona bilan Chempionlar ligasidagi eng ko‘p raqib bo‘lgan jamoalar (Furqat Yusupov blogi)

Barselona bilan Chempionlar ligasidagi eng ko‘p raqib bo‘lgan jamoalar (Furqat Yusupov blogi)

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Barselona" jamoasi Chempionlar ligasida eng ko‘p uchrashgan raqiblar qaysilar ekanini bilasizmi? Quyida bu haqda ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

6-11. "Bavariya". 8 o‘yin. 2 g‘alaba, 1 durang, 5 mag‘lubiyat. 11:14

"Bavariya" va "Barselona" jamoalari CHLda ilk marta 1998 yili to‘qnash kelishgan edi. O‘shanda guruh bosqichidagi har ikkala bellashuvda ham myunxenliklarning qo‘li baland kelgan. 2009 yili turnirning chorak finalida "Kamp Nou"dagi to‘qnashuvda "Barsa" yirik 4:0 hisobida zafar quchdi. Javob o‘yinida esa 1:1 hisobi qayd etildi. Shu tariqa "ko‘k anorranglilar" yarim finalga yo‘l olishgan va keyinchalik musobaqa g‘olibi bo‘lishgandi. Oradan 4 yil o‘tgach jamoalar yarim finalda uchrashishdi. "Bavariya" ikki o‘yinda ham yirik hisobdagi g‘alabani tantana qilib, finalga yo‘l olgan edi. Yupp Xaynkess shogirdlari o‘sha mavsum g‘oliblik nashidasini surishgan. 2015 yilda esa "Barselona" nemis jamoasidan munosib o‘ch ola bildi. Kataloniyada 3:0 hisobida g‘alaba qozongan jamoa, mehmonda 2:3 hisobida yutqazgan bo‘lsa ham finalga yo‘l olgan va keyinchalik chempion bo‘lgan edi.

Faktlar:

1. Har ikkala jamoa ham bir martadan 3:0 va 4:0 hisobida g‘alaba qoozngan.

2. Jamoalar pley-offda uchrashishganda, g‘alaba qozongan jamoa, keyinchalik albatta chempion bo‘lgan.

 

6-11. "Dinamo" Kiyev. 8 o‘yin. 5 g‘alaba, 3 mag‘lubiyat. To‘plar nisbati 14:12

1992 yili mazkur jamoalar birinchi bor uchrashishgan. O‘shanda har ikkala o‘yinda ham kataloniyaliklar osonlikcha g‘alaba qozonishgan. Oradan bir yil o‘tgach 1/16 final bosqichida Kiyevda mezbonlar 3:1 hisobida ustun kelishdi. Biroq javob bahsida "Barsa" 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. 1997 yili guruh bosqichida Kiyevliklar uyda 3:0, "Kamp Nou"da esa 4:0 hisobida zafar quchishgan. 2009 yili yana guruh bosqichida jamoalar yana bir bor to‘qnash kelishdi va undagi har ikki o‘yinda ham Gvardiola murabbiylik qilgan ispan jamoasi g‘alaba qozondi.

Fakt: "Barselona" ham, "Dinamo" ham ikki martadan yirik hisobda g‘alaba qozongan.

6-11. "Manchester Yunayted". 8 o‘yin. 3 g‘alaba, 4 durang, 1 mag‘lubiyat. To‘plar nisbati 17:10

1994 yilda guruh bosqichida "Barsa" va "MYU" CHLda ilk bor o‘zaro raqib bo‘lishdi. "Old Trafford"da 2:2 hisobidagi jangovor durang qayd etilgan bo‘lsa, "Kamp Nou"da mezbonlar 4:0 hisobida zafar quchishdi. 1998 yili guruh bosqichidagi har ikki bahsda ham jangovor durang (3:3) qayd etilgan. 2008 yili esa yarim finalda Kataloniyada hisob ochilmadi. Manchesterdagi bahsda esa Skoulzning yagona goli evaziga "qizil iblislar" g‘alabaga erishib, finalga yo‘l olishgan. 2009 va 2011 yilgi finallarda Gvardiola murabbiylik qilgan katalon jamoasi g‘alabaga erishgan.

Faktlar:

1. "MYU" va "Barsa" o‘zaro to‘qnash kelgan 4 mavsumda, albatta birisi chempion bo‘lgan.

2. Ikkala jamoa ham o‘z maydonidagi o‘yinlarda yutqazmagan.

Davomi>>>

Kiritildi: 19:57, 28.11.2017.
O'qildi: 4605 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик