Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Bolalar futbolini rivojlantirish uchun Yevropalik mutaxassislar jalb qilinadi

Bolalar futbolini rivojlantirish uchun Yevropalik mutaxassislar jalb qilinadi

Baho:
+ | -

Mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, hududlarda bolalar va o‘smirlar orasida futbolni yanada ommalashtirish borasida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. 

Bu borada birinchi galda bolalar murabbiylarining malakasini, bilim saviyasini oshirish masalasiga alohida ahamiyat qaratilyapti. Futbol maktablarida Yevropaning futboli rivojlangan mamlakatlari o‘quv-metodikasi asosida ish olib borish, bolalar bilan mashg‘ulotlarni yangi uslubda, Yevropa andozalariga mos ravishda o‘tkazish va shu yo‘l orqali yuqori saviyali futbolchilarni tayyorlashga katta ahamiyat qaratilmoqda. 

Mana shu maqsadda, viloyatlar to‘rtta hududga bo‘lingan holda, har bir hudud uchun bir nafardan xorijlik mutaxassis jalb qilinadi. 

1-hudud: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro. Markaz – Nukus shahri.

2-hudud: Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo. Markaz – Qarshi shahri.

3-hudud: Andijon, Farg‘ona, Namangan. Markaz – Farg‘ona shahri.

4-hudud: Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri. Markaz – Toshkent shahri. 

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi ayni paytda serbiyalik bir qator mutaxassislar bilan muzokaralar olib boryapti. Tez orada muzokaralar yakuniga yetib, tegishli shartnomalar imzolanadi. 

Xorijdan tashrif buyuradigan mutaxassis, dastlab, 3-hudud hisoblangan vodiyda ish boshlaydi. Boshqa hududlar uchun Yevropaning boshqa davlatlaridan ham mutaxassislarni jalb qilish rejalashtirilgan.   

Yurtimizga tashrif buyuradigan mutaxassislar hududlarda bolalar futboli murabbiylari va seleksionerlar bilan ish olib borishadi. Ularga yosh futbolchilarni futbol maktablariga saralab olish, o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazish, iste’dodli futbolchilarning mahoratini sayqallab borish bo‘yicha kerakli maslahalar berib borishadi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 16:18, 29.11.2017.
O'qildi: 2852 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик