Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Bugun UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarida JCH-2018 qur’a tashlash marosimini tomosha qiling!

Bugun UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarida JCH-2018 qur’a tashlash marosimini tomosha qiling!

Baho:
+ | -

Bugun Rossiya poytaxti Moskva shahrida 2018-yilgi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Moskvadagi Kreml saroyida o‘tadigan tadbir Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi. UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari esa mazkur qur’a jarayonini jonli efirda sizga namoyish etadi. Futbol olamidagi eng muhim voqeani biz bilan birga tomosha qiling!

Mundialga yo‘llanma olgan 32ta terma jamoa oktyabr oyidagi FIFA reytingiga asosan 4ta savatchaga ajratildi. Mezbon ya’ni Rossiya terma jamoasi o‘z o‘zidan birinchi savatchadan joy oldi.

Har bir guruhdan bir qit’adan faqat bittadan jamoa joy oladi. Faqat Yevropa qit’asi bundan mustasno. Bitta guruhda Yevropadan maksimum ikkita jamoa bo‘lishi mumkin.

Siz ushbu tadbir davomida futbol olamidagi taniqli futbolchilarni ham tomosha qilishngiz mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun bo‘lib o‘tadigan ushbu marosimda Pele, Ronaldinyo, Ronaldo, Didye Drogba, Samuel Eto’O, Klarens Zeedorf, Ali Dai, Lotar Matteus, Karlos Puyol, Fabio Konnavaro, Kafu va yana bir qancha futbol afsonalari tashrif buyurishi kutilmoqda.

Manba: www.uzreport.news
Kiritildi: 13:11, 01.12.2017.
O'qildi: 12252 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.