Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

«Bavariya»ning «telba» shifokori

«Bavariya»ning «telba» shifokori

Baho:
+ | -

Xosep Gvardiola bu mutaxassis xizmatlaridan voz kechgandi, ammo u yana qaytdi. Ayrim mamlakatlarda ushbu shifokorning uslublariga taqiq qo‘yilgan.

Gap ispaniyalik murabbiy davrida «Bavariya»ni tark etib, hozir yana myunxenliklar safiga qaytgan tibbiyot xodimi Gans-Vilgelm Myuller-Volfart haqida bormoqda.

2014|2015 yillar mavsumi Germaniya kubogi doirasidagi «Bayer» va «Bavariya» jamoalari o‘rtasidagi bahsning 34-daqiqasida Mehdi Benatya tibbiyot xodimlari ko‘magida maydonni tark etdi. Xosep Gvardiola shu zahoti zaxira o‘rindig‘i tomon yuzlanib, jamoa shifokori Gans-Vilgelm Myuller-Volfartni istehzoli qarsak bilan «siyladi». Navbatdagi jarohat asosiy tarkibning yana bir a’zosini safdan chiqargandi.

Oradan bir hafta o‘tib, 73 yoshli shifokor iste’foga chiqdi. 40 yildan buyon shu klubga xizmat qilgan mutaxassisni ishdan bo‘shatish Gvardiolaning xohishiga ko‘ra amalga oshirilganiga hech kim shubha qilmasdi. O‘sha pallada «lazaret»da asosiy tarkibning 6 nafar a’zosi davolanayotgan, shu bois bosh shifokor bor aybni o‘ziga olgandi.

- «Portu»dan qabul qilingan 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat o‘yinchilar emas, mening aybim, - dedi Gvardiola o‘yindan so‘ng. - Ikki yil mobaynida futbolchilarimiz umumiy hisobda 30 marta operasiya qilindi, ammo biz baribir, chempionat va kubok bahslarida g‘olib chiqdik. Myuller-Volfart malakali mutaxassis. O‘yinchilar shifokorga ishonishgani yaxshi, ammo men shogirdlarim safimizga imkon qadar tezroq qaytishlarini xohlayman.

Ispaniyalik murabbiy shu tariqa tibbiyotchilar guruhining sust ishlayotganiga sha’ma qildi. Gans-Vilgelm keyingi ikki yilni o‘zining Myunxendagi klinikasida faoliyat yuritish bilan o‘tkazdi.

U nimasi bilan mashhur?

Myuller-Volfart - dunyodagi eng dongdor sport shifokori. Shu bilan birga uning davolash uslubi bir necha yillardan buyon muhokamalarga sabab bo‘lib kelmoqda. Ammo fakt faktligicha qoladi - u nafaqat yulduzlar, balki sportdan yiroq bo‘lganlar uchun ham mashhur sanaladi.

Gans-Vilgelm Stiven Jerrard, Maykl Ouen, Yurgen Klinsmann, Ronaldo, tennischi Boris Bekker, konkichi Ivan Skobrev, bokschi Vladimir Klichko, opera xonandasi Luchano Pavarotti, U2 Bono guruhi solis­ti hamda ko‘plab boshqa shaxslarning jarohatdan qutulishlariga yordam bergan. Shuningdek, dunyoning eng tezkor sportchisi Useyn Bolt ham umrining so‘nggi damlarigacha bu shifokordan minnatdor bo‘lishini ta’kidlagan.

2012 yilgi Olimpiada o‘yinlari arafasida yamaykalik sprinterning musobaqalarda qatnashishi so‘roq ostida turgandi - belida kuchli og‘riq sezayotgandi.

Boltning murabbiyi esa noodatiy davolash uslubidan foydalanuvchi germaniyalik shifokorga uchrashni tavsiya qildi. Yengil atletika yulduzining tinimsiz mashg‘ulot o‘tkazishiga murabbiyning ko‘zi yetmayotgan, organizmi katta yuklamalarga dosh bera olmasligidan cho‘chirdi.

Myuller-Volfart mashqlar ro‘yxatini yozib, Useyn ularni bajarsa, hammasi yaxshi bo‘lishini ta’kidladi. Bolt uddaladi, shifokor esa davolashni boshladi.

Sprinter bir necha oyni germaniya­lik mutaxassis nazoratida o‘tkazdi, Gans-Vilgelm turli in’eksiyalarni qo‘llab, to‘qimalar tiklanishini kuzatdi. Oxir-oqibat Useyn Olimpiadada uch karra chempionga aylandi.

Myuller-Volfart ikkinchi jahon urushi payti ruhoniy oilasida tug‘ildi, uning shifokorlikka qiziqishi otasiga yoqmadi. Ammo oiladagi qarshiliklarga qaramay, Gans Vilgelm tibbiyot universitetini tamomlab, 33 yoshida «Gerta»da ish boshladi. 1977 yilda esa «Bavariya»ga ko‘chib o‘tdi.

- Juda yosh edim va ular muvaffaqiyat qozonishimni kutishardi, - deya eslaydi malakali shifokor. - Super­yulduzlar olamiga tushib qolgandim. «Bavariya» qatorasiga uch marta Yevropaning eng yaxshi jamoasiga aylandi.

Bu klubda Frans Bekkenbauer, Gerd Myuller, Zepp Mayer to‘p surishardi. Men ularning sog‘lig‘iga javobgar edim. O‘sha paytgacha qo‘llanmagan terapiyani kashf etib, undan foydalana boshladim.

Birin-ketin gomeopatik preparatlarni ishlatdim va urinishlarim hamisha foyda keltirardi. Futbolchilarning organizmini tinglab, muammoni aniqlayman, so‘ngra shunga mos dori vositasini tanlayman. Agar davolash jarayoni ko‘ngildagidek kechsa, uni yana qaytaraman. Hammasi oddiy.

U qanday uslubdan foydalanadi? DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:34, 02.12.2017.
O'qildi: 3503 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.