Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zbekiston kubogi-2017 final o‘yini oldidan prevyu

O‘zbekiston kubogi-2017 final o‘yini oldidan prevyu

Baho:
+1 | -

4 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston kubogi-2017 final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakatimizning ikki grand klublari – “Bunyodkor” hamda “Lokomotiv” o‘zaro bahs olib borishadi.

Mazkur uchrashuvga bo‘lgan e’tibor ancha yuqori. Zero ushbu ikki yetakchi klublar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar hamisha murosasiz ruhda o‘tib kelgan. Qolaversa, g‘olibga bosh sovrinni Osiyo Futbol Konfederasiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa topshiradi.

Shu o‘rinda qayd etish joizki, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” shu paytga qadar kubok bahslari doirasida o‘zaro 6ta o‘yin o‘tkazishgan. Dastlab 2006 yilda 2-saralash raundida ushbu klublarning yo‘llari kesishgan. O‘shanda “Lokomotiv” “Quruvchi”dan 3:1 hisobida ustun kelgan.

2013 yilda esa “Lokomotiv” va “Bunyodkor” yarim finalda to‘qnash kelishgan. Dastlabki o‘yinda 2:2 hisobi qayd etilgan. Javob bellashuvi esa 2:0 hisobida “qaldirg‘ochlar” foydasiga hal bo‘lgan.

2014 yilda esa klublar finalda o‘zaro o‘yin o‘tkazishgan. Juda qiziqarli ko‘rinish olgan bellashuvda “Lokomotiv” 1:0 hisobida zafar quchib, o‘z tarixida ilk bora mamlakat kubogiga ega chiqqan.

O‘tgan yili esa mazkur klublar yarim finalda to‘qnash kelishdi. Ikkala uchrashuvda ham bir xil – 1:0 hisobida raqibdan ustun kelgan “Lokomotiv” final yo‘llanmasiga ega chiqqan edi.

Yana bir e’tiborga molik jihat shundan iboratki, finalchilarning har ikkisi ham ilgari O‘zbekiston kubogida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan. “Bunyodkor” 4 marta (2008,2010,2012,2013) finalda g‘olib chiqqan. “Lokomotiv” esa 2 bora (2014, 2016) O‘zbekiston kubogi sohibiga aylangan.

“Lokomotiv” va “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi finalni Birlashgan Arab Amirliklari vakillari bo‘lgan hakamlar guruhi boshqaradi. Mazkur o‘yinda Muhammad Abdulla Hasan bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga qanotlarda Muhammad Hasan Abdulla al-Mahri hamda Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla al-Hammadi yordam beradi. To‘rtinchi referi vazifasi Ammar Ali Abdulla al-Junaybiyga yuklatildi.

 

O‘zbekiston kubogi-2017, final

4 dekabr, dushanba. Soat 15:00

“BUNYODKOR” – “LOKOMOTIV”

Bosh hakam: Muhammad Abdulla Hasan (BAA)

Yordamchi hakamlar: Muhammad Hasan Abdulla al-Mahri, Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla al-Hammadi (BAA)

Zaxira hakami: Ammar Ali Abdulla al-Junaybiy (BAA)

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 14:32, 02.12.2017.
O'qildi: 4767 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.