Yevropa Chempionlar Ligasining 6-turidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Spartak" uchrashuvi oldidan mezbonlar bosh murabbiyi Yurgen Klopp tarkibdagi muammolar haqida gapirib o‘tdi.
"Liverpul"ning markazi ishdan chiqdi. Chunki, Matip mushaklaridan jarohat ortirib olgan. Joelni qancha muddatga safdan chiqganini aniq bilmayman.
Lekin u "Spartak"ga qarshi o‘yinda bizga yordam bera olmaydi. Ba’zan markaziy himoyachi rolini Emre Jan bajaradi, Veynaldum ham markazda o‘ynay oladi. Endi ular Matipni o‘rnini sezdirmasliklari kerak", - deydi Klopp.