Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

YECHL. Neymar buyuk rekord ostonasida, Madridliklarning taqdiri esa o‘zgalar qo‘lida

YECHL. Neymar buyuk rekord ostonasida, Madridliklarning taqdiri esa o‘zgalar qo‘lida

Baho:
+1 | -

Bugun, 5 dekabr kuni Yevropa Chempionlar Ligasi musobaqasining 6-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Jumladan, bugun “A”, “V”, “C” va “D” guruhlaridagi jamoalar o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Demak, “Manchester Yunayted” o‘z maydonida Rossiyaning SSKA klubini qabul qilsa, “A” guruhidagi yana bir qiziqarli uchrashuv Portugaliyada “Benfika” va “Bazel” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Turning markaziy o‘yini Germaniyada “Bavariya” va “PSJ” klublari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Agar bugun mehmonlar tarkibida Neymar gol uradigan bo‘lsa yangi rekord o‘rnatadi.

Aniqrog‘i, Neymar YECHL guruh bosqichidagi har bir o‘yinda ketma-ket gol urgan ilk futbolchiga aylanib oladi.

“V” guruhida Shotlandiyaning “Seltik” klubi keyingi bosqichga chiqish umidini butkul uzgan “Anderlext” bilan bahs olib boradi.

Turning yana bir raqobatlarga boy o‘yini Londondagi “Stemford Brij” stadionida o‘tkaziladi.

Unda Madridning “Atletiko” klubi mezbon jamoa “Chelsi”ga qarshi maydonga tushadi.

“S” guruhida birinchi o‘rinni olib, muddatidan oldin keyingi bosqichga chiqish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga ulgurgan “Chelsi” bugungi bahsda guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunlashni istaydi.

“Atletiko” jamoasi ham safarda qiyin o‘tkazishga qaramay, keyingi bosqichga chiqish istagida faqat g‘alaba uchun kurashadi. Simeone shogirdlari 6 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turishibdi.

Italiyaning “Roma” klubi hisobida 8 ochko bor, agar rimliklar bugun o‘z maydonlarida “Qorabog‘”ni mag‘lub eta olishsa, guruhda ikkinchi bo‘lib pley-off bosqichiga yo‘llanma olishadi.

“Atletiko” g‘alaba qozongan taqdirda ham uchinchi o‘rin bilan Yevropa Ligasiga ravona bo‘ladi.

“D” guruhida Kataloniyaning “Barselona” klubi Portugaliyadan tashrif buyurgan “Sporting”ga qarshi o‘z maydonida kuch sinashsa, “Yuventus” safarda Gresiyaning “Olimpiakos” klubiga qarshi bellashadi.

Ma’lumot uchun, mazkur uchrashuvlar yakuniy natijasiga ko‘ra, YECHL pley-off bosqichiga yo‘l olgan 8 jamoa nomiga to‘liq aniqlik kiritiladi.

Barcha o‘yinlar 6 dekabr kuniga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi.

YECHL, 6-tur.

00:45 “Manchester Yunayted” - SSKA

00:45 “Benfika” – “Bazel” 

00:45 “Bavariya” – “PSJ”   

00:45 “Seltik” – “Anderlext”

00:45 “Chelsi – “Atletiko”

00:45 “Roma” – “Qorabog‘”   

00:45 “Barselona” - “Sporting”   

00:45 “Olimpiakos” – “Yuventus”

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 19:05, 05.12.2017.
O'qildi: 19601 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик