Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Rafinya La Ligada Mbappeni ortda qoldirdi

Rafinya La Ligada Mbappeni ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Rafinya Dias yangi mavsumni juda sermahsul boshladi.

Braziliyalik futbolchi La Liganing «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘yinida dubl qayd etdi. Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv «Barselona»ning 5:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa, 29 yoshli Rafinya Ispaniya chempionatining dastlabki uchta o‘yinida 5 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Rafinyani markaziy hujumchi pozisiyasida o‘ynatmoqda. Bu qaror hozircha o‘z samarasini beryapti.

Rafinya 5 ta gol bilan La Liga to‘purarlari ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda. U Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappeni ortda qoldirdi. Fransiyalik futbolchi hisobida 4 ta gol bor.

«Barselona» esa uch turdan keyin 9 ochko jamg‘argan holda La Liga turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Kataloniyaliklarning to‘plar nisbati — 12:2.

Kiritildi: 02:56, 01.09.2026.
O'qildi: 2766 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик