Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/10 00:00 Real Madrid 0-4 Barselona
27/10 16:30 Parma 1-1 Empoli
27/10 17:15 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
27/10 18:00 Leganes 3-0 Selta
27/10 19:00 Lasio 3-0 Jenoa
27/10 19:00 Monsa 2-2 Venetsiya
27/10 19:00 Chelsi 2-1 Nyukasl
27/10 19:00 Vest Xem 2-1 Man. Yunayted
27/10 19:00 Kristal Pelas 1-0 Tottenhem
27/10 20:15 Xetafe 1-1 Valensiya
27/10 21:30 Arsenal 2-2 Liverpul
27/10 22:00 Inter 4-4 Yuventus
27/10 22:30 Betis 1-0 Atletiko
28/10 00:45 Fiorentina 5-1 Roma
28/10 01:00 Real Sosyedad 0-2 Osasuna
28/10 16:00 OKMK - Neftchi
28/10 18:15 Dinamo - Nasaf
29/10 01:00 Malyorka - Atletik Bilbao
29/10 22:30 Lechche - Verona
29/10 22:30 Kalyari - Bolonya

«Real» so‘nggi 9 yildagi eng yomon natijani ko‘rsatmoqda

«Real» so‘nggi 9 yildagi eng yomon natijani ko‘rsatmoqda

Baho:
+1 | -

Ispaniya chempionatining dastlabki 14ta turi ortda qoldi. Bu o‘yinlarda "Real" 8ta g‘alabaga erishdi, 4ta durang o‘ynab, 2 marta yutqazdi. Natijada Zidan shogirdlari 28 ochko bilan jadvalda 4-o‘rinni egallab turishibdi. Shuncha ochko jamg‘argan «Sevilya» 5-o‘rinni egallab turibdi va keyingi turda "Madrid"ga raqiblik qiladi.

«Qaymoqranglilar» ushbu mavsumda so‘nggi 9 mavsum ichida eng yomon natijani qayd etishmoqda. "Qirollik klubi" so‘nggi marta 2008/09 yilgi mavsumda Bernd Shuster qo‘lostida bundan ham yomonroq natija namoyish qilgandi: 14-turdan keyin 8 g‘alaba, 2 durang va 4 mag‘lubiyat — 26 ochko.

"Real" keyingi mavsumlarda dastlabki 14ta o‘yindan keyin ushbu mavsumdagidan kam ochko to‘plamagan. «Real Madrid»ning so‘nggi 10 mavsumda 14-turdan keyin natijalari quyidagicha bo‘lgan:

La Liga 2008/09: 26 ochko, murabbiy - Brend Shuster (5-o‘rin — 14-turdan keyin). Mavsum yakunida: 2-o‘rin (78 ochko).
La Liga 2009/10: 34 ochko, murabbiy - Manuel Pellegrini (2-o‘rin). Mavsum yakunida: 2-o‘rin (96 ochko).
La Liga 2010/11: 35 ochko, murabbiy - Joze Mourinyo (2-o‘rin). Mavsum yakunida: 2-o‘rin (92 ochko).
La Liga2011/12: 37 ochko, murabbiy - Joze Mourinyo (1-o‘rin). Mavsum yakunida: 1-o‘rin (100 ochko).
La Liga 2012/13: 29 ochko, murabbiy - Joze Mourinyo (3-o‘rin). Mavsum yakunida: 2-o‘rin (85 ochko).
La Liga 2013/14: 34 ochko, murabbiy - Karlo Anchelotti (3-o‘rin). Mavsum yakunida: 3-o‘rin (87 ochko).
La Liga 2014/15: 36 ochko, murabbiy - Karlo Anchelotti (1-o‘rin). Mavsum yakunida: 2-o‘rin (92 ochko).
La Liga 2015/16: 30 ochko, murabbiy - Rafa Benites (3-o‘rin) Mavsum yakunida: 2-o‘rin (90 ochko).
La Liga 2016/17: 34 ochko, murabbiy - Zayniddin Zidan (1-o‘rin). Mavsum yakunida: 1-o‘rin (93 ochko).
La Liga 2017/18: 28 ochko, murabbiy - Zayniddin Zidan (4-o‘rin).

«Madrid» La Liganing o‘tgan mavsumida har bir o‘yinda o‘rtacha 2,8ta gol urgandi. Ushbu mavsumda esa jamoa bitta o‘yinda kiritayotgan to‘plar soni 1,7tani tashkil qilmoqda. Jamoa hujumchilari Ronaldu va Benzema mazkur mavsumda bor-yo‘g‘i 2 martadan raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. Krishtianu «Madrid»ga kelgan 2009/10 mavsumdan buyon to‘purarlik ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yomon natija namoyish qilmoqda. Avvalgi mavsumlarda portugaliyalik hujumchi ko‘proq gol urgandi: 6, 16, 6, 13, 17, 7, 10, 10 va… 2ta gol.

Krishtianu ushbu mavsumda raqiblar darvozasiga 68 marta zarba berib, ularning 2tasini golga aylantirdi (samaradorlik – 3,8 %). La ligada eng ko‘p gol urgan futbolchi Lionel Messi hisoblanadi. Argentinalik futbolchi 86ta zarba berib, 13ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi (samaradorlik — 19%). Lekin Messi Ronalduga nisbatan 4ta o‘yin ko‘proq maydonga tushganini ta’kidlash lozim. Karim Benzema esa 21ta zarbaning 2tasini golga aylantirdi (samaradorlik — 11%).

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 20:01, 05.12.2017.
O'qildi: 4430 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.