Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Legionerlar: Temurxo‘ja Abduxoliqov jamoasi peshqadamdan ochko oldi

Legionerlar: Temurxo‘ja Abduxoliqov jamoasi peshqadamdan ochko oldi

Baho:
+ | -

Kecha Qatar yulduzlar ligasining 11-turiga start berildi.

Mazkur turni terma jamoamiz hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqovning jamoasi – «Al-Sayliya» hamda chempionat peshqadami «Duxayl» o‘rtasidagi bahs ochib berdi.

«Al-Sayliya» maydonida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi va Abduxoliqovning jamoasi kuchli raqib oldida bosh egmagan holda, bir ochko ishlashdi.

Shunday qilib, «Al-Sayliya» hisobidagi ochkolari sonini 19taga yetkazib, turnir jadvalining 4-o‘rnida bormoqda. «Duhayl» esa 11-uchrashuvda 2-marotaba durang qayd etdi. Qolgan barcha bahslarda g‘alaba erishgan. Hisobidagi ochkolari soni esa 29ta va ular musobaqa jadvalining 1-o‘rinida borishmoqda.

QATAR YULDUZLAR LIGASI. 11-TUR

«AL-SAYLIYA» – «DUHAYL» - 1:1 (0:0)

7 dekabr (payshanba). Doxa. «Hamad bin Khalifa» stadioni.

Gollar: Vagner Ribeyro (52) – Yusuf al Arabi (50-penalti).

Al-Sayliya: Muhammad Abdulrahmon, Muhammad Mudatter (Abdulrahmon al Harazi, 89), Dragos Grigore, Salim Abdulkarim, Nodir Belg‘ach, Majdi Siddiq, Vagner Ribeyro, Valentin (Temurxo‘ja Abduxoliqov, 69), Hamad al Obaidi, Mustafo Hatif, Abdulla al Marri (Sayaf Muhsin, 79).

Duhayl: Xalifa Abubakar, Lukas Mendes, Muhammad Muso, Nam Taye Xi, Luis Seara (Murod Naji, 90+2), Abdulloh Abdulsalom (Muhammad al Bakri, 54),Bassam Hisham, Hasan Afif, Yusuf Msakni, Yusuf al Arabi, Ismoil Muhammad.

Ogohlantirishlar: Nodir Belg‘ach (45) – Luis Seara (64).

Chetlatish: Xalifa Abubakar (31, Duxayl).

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:12, 08.12.2017.
O'qildi: 4192 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик