“Atletik” klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga Madridning “Real” klubiga qishgi transferlar mavsumida 25 million evaziga o‘tadi.
Kepani “Atletik” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilda yakuniga yetadi va u erkin agent maqomini oladi.
Aynan shu sababga ko‘ra, “basklar” darvozabonni sotib yuborishmoqchi.
Xabarda aytilishicha, 23 yoshli darvozabon “Real” bilan 6 yillik shartnoma tuzadi va uning maoshi yiliga 2,5 million yevroni tashkil qiladi.