Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma
07/01 00:45 Sassuolo - Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem - Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona

“Nasaf” O‘zbekiston Birinchiligi g‘olibi bo‘ldi

“Nasaf” O‘zbekiston Birinchiligi g‘olibi bo‘ldi

Baho:
+ | -

Qarshi shahrida Oliy Liga klublari qoshidagi futbol maktablarining 1999–2000 yillarda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Birinchiligi final bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

5-o‘rin uchun kelgan o‘yinda “Buxoro” tarbiyalanuvchilari “Mash’al” vakillarini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Yarim final uchrashuvlarida “Nasaf” va “Neftchi” mos ravishda raqiblari “Paxtakor” va “Lokomotiv”ni mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘llanma oldi.

Uchinchi o‘rin uchun bahsda “Lokomotiv” va “Paxtakor” asosiy vaqtda 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Penaltilar seriyasida esa “Paxtakor” vakillari 5:4 hisobida ustun kelishdi.

Final bellashuvida esa “Nasaf” va “Neftchi” tarbiyalanuvchilari o‘zaro kurash olib bordi va yakunda qarshiliklar 2:0 hisobida zafar quchib, bosh sovringa ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” klubining 2003–2004 yillarda tug‘ilgan tarbiyalanuvchilari noyabr oyida o‘tkazilgan O‘zbekiston Birinchiligida g‘olib bo‘lgan edi.

11 dekabr, dushanba
5-o‘rin uchun bahs

“Buxoro” (Buxoro )– “Mash’al” (Muborak) 1:0

Yarim final

“Nasaf” (Qarshi) – “Paxtakor” (Toshkent) 0:0 (penaltilar bo‘yicha 5:3)

“Lokomotiv” (Toshkent) – “Neftchi” (Farg‘ona) 1:3

13 dekabr, chorshanba

3-o‘rin uchun bahs

“Paxtakor” (Toshkent) – “Lokomotiv” (Toshkent) 2:2 (penaltilar bo‘yicha 5:4)

Final

“Nasaf” (Qarshi) – “Neftchi” (Farg‘ona) 2:0 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:59, 13.12.2017.
O'qildi: 2651 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.