Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

InterFutbol.uz: Ijodiy fikrlash fursati

InterFutbol.uz: Ijodiy fikrlash fursati

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu 5-marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgach, o‘zidagi asosiy motivasiya ichki «men» ekanligini aytib, Lionel Messi bilan g‘aroyib raqobatga jiddiy e’tibor qaratmasligini ta’kidladi.

Uning so‘zlari Leo muxlislariga yoqmadi, albatta. «Daho deganlari sal kamtar bo‘ladi, Ronaldu shu gaplarini yana bir «Oltin to‘p»ni olishdan avval aytganida ham,  boshqa masala edi!» - deyishdi ular futboldagi buyuk fakt qarshisida esankirab.

Holbuki, esankirashga hojat yo‘q. Chunki sovrinlar soni Messi yoki Ronalduning futboldagi fantastik faoliyatiga aslo soya sololmaydi.

Sovrinlarning ko‘p yoki kamligi har ikki daho futbolchi iqtidorini baholovchi mezon bo‘lolmaydi. Ana, «Oltin to‘p»siz Pele 3 karra jahon chempioni sifatida hamon futbol qiroli bo‘lib yuribdi. Ishonch bilan aytish mumkinki, Ronaldu ham, Messi ham ich-ichidan unga havas qiladi.

Axir jahon chempionati mavzusi ochilganida, argentinalik va portugaliyalik daho ich-etini yeydi. Boshqacha aytganda, bunday payt «Barselona» va «Real»dagi yutuqlar nari suriladi, 5tadan «Oltin to‘p» ham ularni yupatolmaydi aslo.

Bu -  daholarga xos xislat. Ular shunday o‘ylashadi va ulug‘ fazilat bois, 5tadan «Oltin to‘p» ikkisini ham qoniqtirmaydi. Muxlislar ularni «Oltin to‘p»ni 3 martadan qo‘lga kiritishgan vaqtdayoq daholar safiga qo‘shib, olqishlarga ko‘mishgandi.

O‘sha tasannolar daholarni mehnat va harakatdan to‘xtatmadi. Ronalduning navbatdagi zafari - shu to‘xtovsiz jarayon mahsuli. Ha, «Barselona» va «Real» ramziga aylangan futbolchilarni ta’riflashdan charchamaymiz, ularning o‘zlari jahon chempionatida ham g‘alaba nashidasini surish orzusida yashayverishadi.

Yo‘q, shunchaki, emas. G‘olib bo‘lish ishtiyoqi ularni mashg‘ulotlarga, yanada kuchliroq o‘ynashga chorlayveradi. To‘g‘ri, har bir sovrin qadrli, lekin Pele va Diyego Maradona, Zayniddin Zidan va Ronaldo kabi jahon chempioni bo‘lish - Ronaldu hamda Messi uchun buyuk orzu.

Ular futbol tarixida Yoxan Kroyff va Mishel Platini kabi jahon chempioni bo‘lolmagan daholar maqomida qolishni istashmaydi. Istaklar esa imkonlar bilan kurashda qanday natija taqdim etadi - buni vaqt ko‘rsatadi.

Agar ulardan biri jahon chempionati g‘olibiga aylansa, muxlislar o‘rtasidagi bugungi bahs-munozaralar qanday tus olishini hozirdanoq tasavvur qilyapmiz.

Shunday muxlislar ham borki, ular oxirigacha o‘ylab o‘tirishmaydi va «Oltin to‘p»ni  5 martadan qo‘lga kiritgan ikki futbolchidan birini ataylab pastga urishadi.

Koshki bunday o‘rinsiz munosabat va kamsitishlar ikki daho haqida sobit xulosali futbolsevarlarni ikkilantirsa... Yo‘q, futbol dunyosi turli gap-so‘zlarni chetga uloqtirib, Messi va Ronalduga talpinaveradi.

Xo‘sh, biri kamtar, ikkinchisi o‘zini reklama qilishni istasa, shunga nima? Ishni qoyillatgandan keyin maqtanaversin portugal purviqori. Qo‘lidan hech bir ish kelmaydigan, biror natijaga erishmay turib, maqtanadigan futbolchidan asrasin.

Unday maqtanchoqdan qochib qutulmasang, urib boshingni yoradi. Ronalduga xos «men» esa butunlay boshqa masala. Aslida bizning futbol aynan «men»i mavjud murabbiy va o‘yinchilarga muhtoj.

Qani endi qaysidir murabbiy milliy jamoamizni jahon chempionati final bosqichiga olib chiqsayu, «Men unday taktikani tanladim, men bunday futbolchilarni kashf etdim», deya baralla maqtansa?!

Shunday holatda uni bir ovozdan olqishlardik: «Ha, maqtanishlaringdan! Maqtanaver. Senga maqtanish yarashadi!» Alamlisi, hamon maqtanish-olqishlash imkonidan mosuvomiz.

Maqtanish imkonidan mamnun madridliklarga havasimiz bo‘lsin! O «Real», baquvvatgina «Sevilya»ni qanday san’atkorona yengdi! Ronaldu sovrinidan ilhomlangan «Madrid» uchrashuvning birinchi bo‘limida san’atga qiyos futbol namoyish etdi.

E’tibor berdingizmi, DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:12, 13.12.2017.
O'qildi: 2727 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.