Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Klublar o‘rtasidagi JCH. «Real» qiyinchilik bilan finalga yo‘l oldi

Klublar o‘rtasidagi JCH. «Real» qiyinchilik bilan finalga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Birlashgan Arab Amirliklari mamlakatida klublar o‘rtasidagi jahon chempionati musobaqasining yarim finalidan o‘rin olgan “Al-Jazira” - “Real” uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda “Real” qiyinchilk bilan “Al-Jazira”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

“Real” birinchi bo‘limning o‘zida deyarli 20 ga yaqin zarba yo‘lladi biroq o‘z maqsadiga yeta olmadi. “Al-Jazira”ning kam sonli hujumlaridan biri esa 41-daqiqaga kelib gol bilan yakun topdi. Gol muallifi Romarinyo.

O‘yinning ikkinchi bo‘limi boshlanishi bilan “Al-Jazira” qarshi hujumga chiqib ketdi va yakunda Ali Mabhut darvozabon Keylor Navas bilan yakkama yakka chiqdi va offsaydda qolgan sherigiga pas berdi va u “Real”darvozasiga to‘p kiritgandi.

Biroq yuqorida aytib o‘tganimizdek, Bussufaning offsayda qolgani sabab ushbu gol inobatga olinmadi. Oradan yana biroz vaqt o‘tib, Krishtianu Ronaldu “Al-Jazira” himoyachilarining xatosidan keyin oradagi farqni qisqartirdi. 1:1.

81-daqiqada Garet Beyl zaxiradan maydonga tushdi va o‘z qaytishini gol bilan nishonladi. 1:2. O‘yin yakuniga qadar yana bir qancha xavfli vaziyatlar sodir etildi.

Ammo o‘yinning yakuniy natijasi aynan mana shunday hisob bilan yakun topdi va “Real” hamyurtimiz Sardor Rashidov to‘p suradigan “Al-Jazira” klubini mag‘lubiyatga uchratib, finalda “Gremiu” bilan o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.

Klublar o‘rtasidagi JCH. 1/2 final.

Al-Jazira BAA – Real Madrid Ispaniya 1:2.

Gollar: 1:0 – 41 Romarinyo, 1:1 – 53 Ronaldu, 1:2 – 81 Beyl.

Al-Jazira – Xasif (Saif, 51), Fares Djuma, Ayed, Omar, Al-Xammadi (Al-Otayba, 60), Yusef (Al-Gilani, 72), Rashid, Bussufa, Fayez, Mabxut, Romarinyo.

Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Xakimi, Nacho, Modrich, Kazemiro, Isko (Asensio, 68), Kovachich (Vaskes, 68), Ronaldu, Benzema (Beyl, 81).

Ogohlantirishlar: Ayed (68).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:52, 13.12.2017.
O'qildi: 8866 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.