Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/12 01:00 Valensiya - Malyorka
20/12 17:30 Nyukasl - Chelsi
20/12 18:00 Real Ovyedo - Selta
20/12 20:00 Bornmut - Byornli
20/12 20:00 Brayton - Sanderlend
20/12 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
20/12 20:00 Vulverhempton - Brentford
20/12 20:15 Levante - Real Sosyedad
20/12 22:00 Lasio - Cremonese
20/12 22:30 Osasuna - Alaves
20/12 22:30 Tottenhem - Liverpul

Valentin Kovalenko Xitoy - KXDR uchrashuvini boshqaradi

Valentin Kovalenko Xitoy - KXDR uchrashuvini boshqaradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berilganidek, shu yilning 6-16 dekabr kunlari Sharqiy Osiyo futbol federasiyasi (EAFF) tomonidan Yaponiyaning Tokio shahrida terma jamoalar ishtirokida musobaqa o‘tkazilmoqda.

Ertaga ushbu musobaqadar o‘rin olgan Xitoy - KXDR va Yaponiya - Janubiy Koreya terma jamoalari ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqada ishlash uchun o‘zbekistonlik hakamlar Valentin Kovalenko va Ruslan Serazitdinov taklif olgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Valentin Kovalenko ertaga Xitoy - KXDR uchrashuvini boshqaradi. Ruslan Serazitdinov esa yon hakam sifatida ishlaydi.

Ushbu musobaqa bir vaqtda ayollar jamoalari o‘rtasida ham o‘tkazilmoqda. O‘zbekistondan taklif etilgan Edita Mirobidova ertaga Janubiy Koreya - Xitoy uchrashuvida bosh hakam sifatida ishlasa, unga qanotda yana bir o‘zbekistonlik hakam Zilola Rahmatova yordam beradi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 14:10, 15.12.2017.
O'qildi: 2087 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.