Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Kutilmagan chempionlar...

Kutilmagan chempionlar...

Baho:
+ | -

Futbol olamida kutilmagan voqealar uchrab turadi. Biz XXI asrdagi eng kutilmagan chempionliklar beshtaligini tuzib chiqdik.

5. “Monpele”
Natijasi: 2011/2012 yilgi mavsum Fransiya chempioni
2011/2012 yilgi mavsumda Parijda katta loyihalar amalga oshirila boshladi. “PSJ” boshqaruv ruliga mashhur Karlo Anchelotti taklif etildi. Ko‘pchilik chempionlik uchun “PSJ” asosiy da’vogar sifatida e’tirof eta boshladi. Biroq mavsum davomida bir tempda o‘ynagan “Monpele” kutilmaganda chempionlikni qo‘lga kiritdi. Rene Jerar shogirdlari asosiy ta’qibchisi bo‘lgan “PSJ”da uch ochko ko‘p jamg‘arishdi. Jamoa yetakchisi Olive Jiru esa 21 ta gol bilan chempionat to‘purari bo‘ldi.

4. “Atletiko”
Natijasi: 2013/2014 yilgi mavsum Ispaniya chempioni
Balki “Atletiko”ning chempionligini bu ro‘yhatga qo‘shish noto‘g‘ri deb hisoblarsiz. Biroq 2013 yil mavsum avvalida “Real” Beylni, “Barsa” Neymarni katta mablag‘lar evaziga o‘z safiga qo‘shib olgach, La liga chempionligi uchun ushbu ikki jamoa kurash olib borishi aniqday gap edi. Zero Ronaldu va Messi bor joyda, birinchi va ikkinchi o‘rin band hisoblanadi. Ammo Diyego Simeone shogirdlari o‘sha mavsumda hammani ajablantirgan holda, chempionlikni tantana qilishdi. Boz ustiga Madridliklar oxirgi turda “Kamp Nou”da mehmon bo‘lib, chempionlikni rasmiylashtirishdi.

3. “Portu”
Natijasi: 2003/2004 yilgi mavsum Chempionlar ligasi g‘olibi
2003/2004 yilgi mavsumda Portugaliyaning “Portu” jamoasi Chempionlar ligasi finalida “Monako”ni mag‘lub etgan holda, sensasion tarzda ushbu musobaqada zafar quchdi. Zero, ko‘pchilik mavsum avvalida sovrin uchun “Real”, “Milan”, “Manchester Yunayted”, “Real”, “Chelsi” kabi jamoalarni favorit sifatida e’tirof etayotgandi. Ammo Joze Mourinyo va uning shogirdlari Yevropaning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasida mo‘’jiza yarata olishdi.

Davomi>>>

Kiritildi: 14:34, 16.12.2017.
O'qildi: 2166 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.