Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Toshkentda «Loco Cup-2017» festivali bo‘lib o‘tdi

Toshkentda «Loco Cup-2017» festivali bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

“Lokomotiv” PFK tashabbusi va homiyligida 2011 va 2012 yilda tug‘ilgan yosh futbolchilar o‘rtasida futbol festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalda 2011 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchilardan iborat “BFL-A", “BFL-1”, “BFL-2” (Lokomotiv PFK guruhlari), “Paxtakor-2011” (“Paxtakor” FK Akademiyasi), Odil Junior, “MEGA-S”, 2012 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchilardan tashkil topgan “Loko-J", “Loko-J2”, “MEGA-S-1”, “MEGA-S-2” jamoalari ishtirok etishdi.

2011 yilda tug‘ilgan yosh futbolchilardan orasida ayniqsa, Shoahmad Kabirov murabbiyligidagi “Paxtakor-2011” jamoasi chiroyli o‘yinlari bilan musobaqa mehmonlari va tomoshabinlar olqishlariga sazovor bo‘ldi. Yosh murabbiyning shogirdlari “BFL-A” jamoasini 4:2, “BFL-2” jamoasini 8:0 hisobida mag‘lub etishdi. Musobaqa davomida shuningdek, “BFL-A”, “Odil Junior”, “MEGA-S” jamoalari tarkibida bir qator iqtidorlar borligi ko‘rindi.

Festival yakunlangach, barcha ishtirokchi jamoalar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimida “Lokomotiv” PFK yarim himoyachisi Temur Kapadze ishtirok etdi.

Bunday futbol festivallari O‘zbekistonda yosh iqtidorlar saralanishi va bolalar futboli rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ana shunday festivallarni tashkillashtirayotgan “Lokomotiv” PFK yurtimizda bolalar futbolini rivojlanishida o‘ziga xos hissa qo‘shadi va kelajakda klubga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Baxtiyor RASULOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:53, 16.12.2017.
O'qildi: 2560 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик