Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

KO‘JCH. «Real» ketma – ket ikkinchi marta chempionga aylandi

KO‘JCH. «Real» ketma – ket ikkinchi marta chempionga aylandi

Baho:
+ | -2

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining final bahsidan o‘rin olgan “Real Madrid” hamda “Gremio” klublari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Uchrashuvda 1:0 hisobi qayd etilib, yevropaliklar musobaqada ketma-ket ikkinchi marta chempionga aylanishdi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limi 0:0 hisobida yakuniga yetdi. Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasida raqib Krishtianu Ronalduga qarshi qo‘pollik ishlatdi va hakam ushbu vaziyatda jarima zarbasi belgiladi.

Ronaldu esa bu vaziyatdan to‘g‘ri foydalandi va ajoyib zarbasi bilan “Gremio” darvozabonini dog‘da qoldirdi.

Oradan biroz vaqt o‘tib, Ronaldu yana bitta gol urdi, lekin bu vaziyatda hakam Benzemaning offsaydda qolib ketganini ko‘rsatdi va gol inobatga olinmadi.

Uchrashuvda katta ustunlikga ega bo‘lgan madridliklar o‘yin yakuniga qadar bir qancha xavfli vaziyatlarni yaratishdi, lekin o‘yin aynan 1:0 hisobi bilan yakunlandi va shu tariqa “Real” klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi navbatdagi g‘alabasini rasmiylashtirdi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. Final.

Real Madrid Ispaniya – Gremio Braziliya 1:0.

Gol: 1:0 – 53 Ronaldu.

Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Isko (Vaskes, 73), Kroos, Ronaldu, Benzema (Beyl, 80).

Gremio – Groe, Kannemann, Jeromel, Kortes, Jailson, Ramiro (Everton, 71), Mishel (Maykon, 84), Fernandinyo, Edilson, Luan, Barrios (Jael, 63).

Ogohlantirishlar: Kazemiro (27).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:56, 16.12.2017.
O'qildi: 4150 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик