Italiya chempionatining 17-turi doirasida "Roma" o‘z maydonida "Kalyari"ni qabul qildi. "Bo‘rilar" katta qiyinchilik bilan g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi.
Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarning to‘rtinchisida Fasio tomonidan urilgan gol "Roma"ga muhim g‘alabani tortiq etdi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Roma" o‘z ochkolarini 38taga yetkazdi hamda "Yuventus"ga yetib oldi. Bu ikki jamoa jadvalda 3 va 4-o‘rinlarni egallab turishibdi.
Italiya A seriyasi, 17-tur
Roma – Kalyari 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90+4 Fasio.
Roma – Alisson, Florensi, Manolas, Fasio, Kolarov, Pellegrini (El-SHaaravi, 72), de Rossi, Nainggolan (Strotman, 80), Shik (Under, 87), Jeko, Perotti.
Kalyari – Kranyo, Romanya, Andreolli, Pizakane, van der Vil, Ionise, Chigarini, Barella (Deyola, 72), Padoin (CHeppitelli, 90), Joao Pedro (Farias, 60), Pavoletti.
Ogohlantirishlar: Joao Pedro (27), Pellegrini (40), Chigarini (44), Deyola (77).