Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Xalqaro musobaqa chempioni bo‘lgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi yurtimizga qaytib keldi

Xalqaro musobaqa chempioni bo‘lgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi yurtimizga qaytib keldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Taylandda o‘tgan Xalqaro musobaqa finalida Yaponiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, chempionlikni qo‘lga kiritgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Bugun terma jamoamiz vakillari tong saharda yurtimizga qaytib kelishdi. Chempionlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroportida O‘FF mas’ullari, futbolchilarning yaqinlari, muxlislar va OAV xodimlari tantanali ravishda kutib olishdi.

O‘FF vise-prezidenti Shoakrom Isroilov vakillarimiz qo‘lga kiritgan bu natija katta g‘alabalarning boshlanishi ekanini, mazkur futbolchilar kelgusida milliy terma jamoamiz tarkibida ham shunday yutuqlarga erishib, xalqimizni xursand qilib yurishi uchun birgalikda harakat qilish zarurligini ta’kidladi.

Yoshlar terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov xalqaro musobaqa haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

“Bu musobaqa yanvarda boshlanadigan Osiyo chempionati oldidan biz uchun tayyorgarlik vazifasini bajarib berdi. Musobaqa davomida futbolchilarning holatini ko‘zdan kechirib, turli taktikalarni sinovdan o‘tkazdik. Asosiy maqsadimiz yanvarda Xitoyda bo‘ladigan Osiyo chempionatida munosib ishtirok etish. Tarkibimizdagi ko‘plab yoshlar katta salohiyatga ega. Ularning darajasini yanada oshirib, milliy terma jamoaga munosib nomzodlarni tayyorlash uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz”.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 10:41, 17.12.2017.
O'qildi: 4067 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик