Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Del Pyero, Yodgor Sa’diyev va futbol haqida siz eshitmagan faktlar

Del Pyero, Yodgor Sa’diyev va futbol haqida siz eshitmagan faktlar

Baho:
+ | -

Futbol olamidagi qiziqarli faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Paragvay chempionatida bahs olib boruvchi “Sportivo Ameliano” va “General Caballero” jamoalari o‘rtasida 1993 yilda o‘tkazilgan bahsda hakamlar jami 20 ta qizil kartochkani cho‘ntaklaridan chiqarishga majbur bo‘lishgan.
***
1968 yilning 12 iyunida “River Pleyt”-“Boka Xuniors” bahsida yuzaga kelgan tiqilinch va yong‘in oqibatida 71 kishi olamdan o‘tgan.
***
Damino va Kristian Zenoni – Italiya terma jamoasida birga o‘ynagan yagona egizaklar sanalishadi. Ular 2001 yilning 28 fevralida Argentinaga qarshi kechgan bahsda yonma-yon to‘p surishgan. O‘shanda ular “Atalanta” sharafini himoya qilishardi.
***
Shvesiyalik Sven-Yoran Erikson Angliya terma jamoasi tarixidagi ilk chet ellik mutaxassis sanaladi. Futbol rivoji yo‘lidagi ko‘rsatgan xizmatlari uchun unga vatanida Torsbu shahrida haykal o‘rnatishgan.
***
Xorvatiyada futbol 1873 yilda Riek shahrida fabrika qurayotgan angliyalik ishchilar tomonidan olib kelingan.
***
Roberto Badjo 1988 yilda buddizm dinining “Seka Gakkay” sektasiga kirdi va katolik cherkovga ibodat qiluvchi butun Italiyani karaxt axvolga solib qo‘ydi.
***
1871 yili futbol uchrashuvlarining vaqti bir yarim soat qilib belgilandi. Shuningdek darvozabonlar nafaqat o‘z maydonchalari ichida, balki butun jarima maydonida to‘pni qo‘li bilan ushlashga ruxsat berildi.
***
1883 yili uchrashuv vaqti 2 taymga bo‘lindi. Qolaversa birinchi 45 daqiqadan keyin tanaffus e’lon qilinadigan bo‘ldi.
***
2004/2005 yilgi mavsum oldidan “Inter” hujumchisi Kristian Vyeri qimmatbaho mashinasidan ayrildi. Gap shundaki, u Milandagi kafelardan birida tamaddi qilish uchun to‘xtagan edi. Shu payt uning oldiga o‘zini kafe xizmatchisi deb tanishtirgan noma’lum shaxs yetib keldi va mashinani pulli to‘xtash shaxobchasiga olib borib qo‘yish uchun kalitni so‘radi. Unga ishongan Vyeri mashinani topshirdi va ichkariga yo‘l oldi. Tushlikdan so‘ng ortga qaytgach esa avtosidan ayrilganini anglab yetdi. Shu zahotiyoq yaqin oradagi polisiya mahkamasiga yetib borgan Italiya terma jamoasi hujumchisi barchani hayratga soldi. Axir polisiyaga bunday mashhur insonlar har doim ham qadam ranjida qilaverishmaydi-da.
***
Halqimizning sevimli aktyori Yodgor Sa’diyev bir vaqtlari “Paxtakor”da to‘p surgan. U jamoada ...

Davomi>>>

Kiritildi: 14:58, 18.12.2017.
O'qildi: 3828 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.