Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Serbiyalik mutaxassis Zavisha Miloslavlevich O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashdi

Serbiyalik mutaxassis Zavisha Miloslavlevich O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, hududlarda bolalar va o‘smirlar orasida futbolni yanada ommalashtirish borasida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan birinchi galda bolalar murabbiylarining malakasini oshirishga alohida ahamiyat qaratilyapti.

Futbol maktablarida Yevropaning futboli rivojlangan mamlakatlari o‘quv-metodikasi asosida ish olib borish, bolalar bilan mashg‘ulotlarni yangi uslubda, Yevropa andozalariga mos ravishda o‘tkazish va shu yo‘l orqali yuqori saviyali futbolchilarni tayyorlashga eng asosiy vazifalardan biri sifatida qaralmoqda.

Viloyatlar to‘rtta hududga bo‘lingan holda, har bir hudud uchun bir nafardan xorijlik mutaxassis jalb qilinishi haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Mana shu maqsadda, serbiyalik 56 yoshli mutaxassis Zavisha Miloslavlevich poytaxtimizga tashrif buyurdi. U O‘zbekiston Futbol Federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashib, mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish bo‘yicha o‘zining dasturini taqdim etdi.

O‘FF rahbariyati tomonidan bu dastur o‘rganib chiqilib, ma’qul deb topilsa, Zavisha Miloslavlevich bilan shartnoma imzolanadi.

U 3-hudud hisoblangan vodiyda Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida ish olib boradi. Zavisha Miloslavlevich hududlardagi bolalar futboli murabbiylari bilan uchrashish, u yerdagi holatni o‘rganish maqsadida, viloyatlarda bo‘lishi ham rejalashtirilgan. Serbiyalik mutaxassis bugun Andijon shahriga jo‘nab ketadi.

Boshqa hududlar uchun ham Yevropadan bolalar futboli bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilish maqsadida hozirda muzokaralar davom etyapti.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:42, 18.12.2017.
O'qildi: 5122 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик