Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/03 00:00 Betis 2-1 Sevilya
31/03 21:30 Verona 0-0 Parma
31/03 23:45 Lasio 1-1 Torino
01/04 00:00 Selta 1-1 Las-Palmas
01/04 23:45 Vulverhempton - Vest Xem
01/04 23:45 Arsenal - Fulhem
02/04 00:00 Nottingem Forest - Man. Yunayted
02/04 23:45 Brayton - Aston Villa
02/04 23:45 Sautgempton - Kristal Pelas
02/04 23:45 Manchester Siti - Lester
02/04 23:45 Nyukasl - Brentford
02/04 23:45 Bornmut - Ipsvich
03/04 00:00 Liverpul - Everton

Hasanboy Do‘stmatov nega professional boksga o‘tmayotganini aytdi

Hasanboy Do‘stmatov nega professional boksga o‘tmayotganini aytdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Bu galgi suhbatdoshimizning yillar davomida qilgan mehnatlari va chekkan mashaqqatlari sekin-astalik bilan o‘z mevasini berib kelayotir. Ayniqsa, unga 2016-2017 yillar juda omadli va unutilmas lahzalarni tuhfa etdi. Yigirma uch yoshida yashin tezligidek mashhurlikka erishish, butun dunyo boks ishqibozlari e’tiboriga tushish uning kuchiga kuch qo‘shib, qalbida yangi orzu-maqsadlarning tug‘ilishiga turtki bo‘ldi. Anglaganingizdek, boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, ikki karra Osiyo chempioni, «Oltin Mangust» xalqaro mukofoti sovrindori, «Olimpiada-2016»ning eng yaxshi bokschisi sifatida Vel Barker Kubogi sohibi, ayni paytda havaskor boksda 49 kilogrammgacha vazn toifasida dunyoda tengsiz hisoblangan «O‘zbekiston iftixori» Hasanboy Do‘smatov mehmonimiz bo‘ldi.

— Hasanboy, bolaligingiz bilan bog‘liq Yangi yil bayramlarini qanday xotirlaysiz?

— Har bayram arafasida maktabimizda an’anaviy o‘tkazilgan archa bayrami va undagi unutilmas xotiralarni yodga olib turaman. Qorbobodan sovg‘a olish niyatida she’r yodlab, uyimizni va sinfxonamizni o‘z qo‘llarimiz bilan yasagan turli o‘yinchoqlardan foydalanib bezatardik. Bu esa kayfiyatimizga kayfiyat qo‘shib, eshik qoqib turgan yilni yuqori kayfiyat va yangi orzular bilan kutib olishimizga zamin yaratardi. Hozir ham sinfdoshlar bilan ko‘rishganimizda o‘sha betakror onlarni kulishib yodga olamiz.

— Boks olamiga kirib kelgach, hayotingizda qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?

— Boks hayotimda juda ko‘plab o‘zgarishlar yasadi. Avvalo, sportga bo‘lgan qiziqishim, o‘zimga nisbatan ishonchim, mehnatim hamda yaqinlarim va xalqimizning mehri, qo‘llab-quvvatlashi sabab bir qancha yirik musobaqalar va Rio Olimpiadasida g‘alaba qozondim. Bu esa o‘z-o‘zidan mashhurlik onlarini tuhfa etdi. Boks irodamni yanada chiniqtirib, mas’uliyatli va sabrli bo‘lishga o‘rgatdi. Yurtimizdagi ko‘plab bolalarning qalbida boksga ishtiyoq uyg‘otganimdan, O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib, mamlakatimiz nomini dunyoga yanada tanitishga oz bo‘lsa-da, hissamni qo‘shganimdan behad baxtiyorman.

— Terma jamoadagi charm qo‘lqop ustalarining navbatma-navbat professional boksga o‘tayotganligi hech birimizga sir emas. Siz qachon professional boksda kuchingizni sinab ko‘rishni rejalashtiryapsiz? Davomi

Manba: mazmun.uz
Kiritildi: 00:37, 19.12.2017.
O'qildi: 21448 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz