“Verona”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng “Milan” klubi Rojdestvo bayramini nishonlashni bekor qildi. Klubdagilarning fikricha, bu keyingi turda “Atalanta”ga qarshi o‘yinga yaxshi tayyorlanish imkonini beradi.
“Milan” oxirgi 12 ta o‘yinning 3 tasidagina g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin “Everton” ham Rojdestvoni bekor qilgandi.