Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» «Nyukasl»ni mag‘lub etib, APLda peshqadamlikni qaytarib oldi

«Arsenal» «Nyukasl»ni mag‘lub etib, APLda peshqadamlikni qaytarib oldi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 34-turi doirasida kechgan markaziy bahslardan birida «Arsenal» o‘z maydonida «Nyukasl»ni qabul qildi va kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol bahsning ilk daqiqalarida kiritildi. 9-daqiqada Eberechi Eze «kanonirlar»ga g‘alaba keltiruvchi golga mualliflik qildi — 1:0.

Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng ketma-ket ikkita o‘yinda mag‘lub bo‘lgan «Arsenal» (73 ochko) o‘ziga kelib oldi va «Manchester Siti»ni (70 ochko) ortda qoldirgan holda turnir jadvalida yana birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Qayd etish lozimki, «shaharliklar» hisobida bitta zaxira o‘yini mavjud.

«Nyukasl» esa ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. «Qarg‘alar» 42 ochko bilan turnir jadvalida 14-pog‘onani egallab turishibdi.

«ARSENAL» — «NYUKASL» — 1:0

Gol: Eberechi Eze 9 (1:0).

«Arsenal»: Rayya, Saliba, Gabriel Magalyayns, InkapYE, Ben Uayt, Subimendi (Lyuis-Skelli, 81), Rays, Edegor, Eze (Gabriel Martinelli, 54), Madueke (Bukayo Saka, 81), Kay Xavers (Viktor Dyekeresh, 34).

«Nyukasl»: Poup, Botman, Malik Tshau, Den Bern, Mayli, Tonali, Djo Uillok (Elanga, 87), Brunu Gimarayns, Remsi, Djeykob Merfi (Yoan Vissa, 66), Vilyam Osula (Xarvi Barns, 66).

Ogohlantirishlar: Martinelli (71), Rays (86) — Bern (57), Poup (75).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:34, 25.04.2026.
O'qildi: 1912 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик