Oliy liganing oxirgi mavsumida jami 599ta gol qayd etildi. Shuncha gol 233ta o‘yinda urildi. Demakki, muxlislar har bir uchrashuvda o‘rtacha hisobda 2,57tadan gol ko‘rishgan.
Gollardan 372tasi mezbon jamoalar, 227tasi esa mehmonlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Bugun gollar statistikasini o‘zgacha talqinda keltirishni lozim topdik. Ya’ni jamoalar o‘yinlarda nechtadan gol urganini (1ta, 2ta, 3ta va hokazo) yaxlit jadvalda ifodaladik. Misol uchun olsak, chempionatni 4-o‘rinda yakunlagan «Bunyodkor» naq 8ta o‘yinda 2ta gol bilan kifoyalandi. Yana bir tomoni, «qaldirg‘ochlar» mavsum doirasidagi 30ta uchrashuvning 6tasida gol quvonchini tuyishmadi. Ular shuning barobarida 11ta o‘yinda o‘z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishdi. Turnir jadvalida katta yuksalishga erishgan «Navbahor» esa 3ta uchrashuvda 3ta yoki ko‘proq gol qo‘yib yubordi. Umuman, chempionat davomida 1ta o‘yinda 4ta yoki ko‘proq gol urish 10ta jamoaga nasib etdi. Bu borada «Neftchi»ning natijasi alohida ajralib turibdi. Farg‘onaliklar biror o‘yinda loaqal 3ta gol urishgani yo‘q. Ya’ni ko‘pi bilan 2ta gol hosil qilishdi. Chempion - «Lokomotiv»ga kelsak, «temiryo‘lchilar» naq 14ta o‘yinda o‘z darvozalaridan gol qo‘yib yuborishmadi - ikkinchi yaxshi natija. Qolaversa, «Loko» 5ta o‘yinda 4ta yoki ko‘proq gol urgani bilan ham maqtanishi mumkin.
Jamoalar o‘yinlarda nechtadan gol urdi?
Gol urilishi Umumiy statistika Gol qo‘yib yuborilishi
4ta + 3ta 2ta 1ta 0 O‘rtacha Jamoa O‘rtacha 0 1ta 2ta 3ta 4ta +
2 4 8 10 6 1,57 «Bunyodkor» 0,97 11 13 3 2 1
1 4 7 12 6 1,40 «Buxoro» 1,33 8 7 12 3 -
- 3 2 8 17 0,70 «Dinamo» 1,17 11 9 6 3 1
5 6 10 4 5 2,23 «Lokomotiv» 0,67 14 12 4 - -
3 2 4 11 10 1,23 «Mash’al» 1,03 13 7 7 2 1
2 5 3 11 9 1,33 «Metallurg» 1,30 8 9 9 4 -
1 3 6 15 5 1,33 «Navbahor» 1,23 9 9 9 2 1
4 5 9 7 5 1,93 «Nasaf» 0,60 16 11 2 1 -
- - 6 11 13 0,77 «Neftchi» 1,60 6 10 8 4 2
- 1 2 8 19 0,50 «Obod» 1,73 8 10 4 3 5
- 1 9 10 10 1,03 «Olmaliq» 1,07 11 12 3 3 1
1 3 5 10 11 1,10 «So‘g‘diyona» 1,70 6 9 6 6 3
2 5 5 9 9 1,47 «Paxtakor» 0,93 13 10 4 2 1
- 3 5 9 13 0,93 «Sho‘rtan» 1,73 7 8 4 8 3
- 2 7 11 10 1,03 «Qizilqum» 1,33 7 12 6 4 1
1 4 7 12 6 1,40 «Qo‘qon-1912» 1,57 6 10 8 4 2
Izoh:«Obod»ga qarshi o‘yinlar uchun yozilgan texnik g‘alaba ]:- ko‘rinishida, ya’ni gol urilmagan o‘yinlar sifatida hisoblangan.
Mavsum davomida o‘yinlarni boshqarib borgan hakamlarga kelsak, Vladislav Seytlin eng yuqori ko‘rsatkichga erishdi. U joriy mavsum doirasidagi 30ta turdan naq 23tasida ishladi. Seytlin shuncha o‘yin davomida futbolchilarga 83 marta sariq va 3 bora qizil kartochka ko‘rsatdi, shuningdek, 3ta penalti belgiladi. Umuman, olganda, oliy liga-2017 o‘yinlariga jami 20 nafar bosh hakam jalb etilgan bo‘lsa, ulardan 4 nafari 11 metrli jarima zarbasiga murojaat qilmadi. Eng kam ishlagan hakamlarga to‘xtalsak, Ruslan Serazetdinov «Nasaf» - «Neftchi» (2:0, 6 may), Akmal Rahimov «Qo‘qon-1912» - «Obod» (1:0, 12 avgust) va Ishoq Ibragimov «Obod» - «Buxoro» (2:3, 19 avgust) o‘yinini boshqarish bilan kifoyalanishdi.
Oliy liga-2017da ishlagan hakamlar statistikasi
T|r. Hakam O‘yin Sar. 2-sar. Qiz. Pen.
1. Vladislav Seytlin 23 82 1 2 3
2. Ravshan Ermatov 22 100 1 1 3
3. Hasan Ro‘ziyev 22 73 2 1 2
4. Zokir Qodirov 17 47 1 - 8
5. Temur To‘xtasinov 17 60 3 1 4
6. Valentin Kovalenko 16 46 - 3 6
7. Vadim Agishev 15 52 1 - 5
8. Viktor Serazetdinov 15 62 - - 4
9. Ilgiz Tantashev 15 63 1 2 5
10. Aziz Asimov 14 47 1 - 2
11. Sherzod Qosimov 14 58 1 2 5
12. Olim Tolibjonov 11 25 1 - 1
13. Rustam Bobomurodov 9 27 - - -
14. Baxtiyor Namozov 7 35 4 1 2
15. Dmitriy Pislegin 5 12 1 1 2
16. Ahrol Risqullayev 5 16 1 1 1
17. Ahmadjon Ergashev 3 10 - - 1
18. Ishoq Ibragimov 1 4 - - -
19. Akmal Rahimov 1 3 - - -
20. Ruslan Serazetdinov 1 3 - - -