Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

OCHL-2018: avval uchrashganmidik?

OCHL-2018: avval uchrashganmidik?

Baho:
+ | -

6 dekabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida OFK klublari uchun nufuzi bo‘yicha birinchi o‘rinda turuvchi Osiyo Chempionlar Ligasining yangi mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, 2018 yilgi mavsum uchun mamlakatimizga «1+2» ko‘rinishida kvota ajratilgan. Oliy liga o‘yinlari yakuniga ko‘ra, Toshkentning «Lokomotiv» klubi mamlakat chempioni sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichi yo‘llanmasiga ega chiqqan bo‘lsa, «pley-off» bahslarida kumush va bronza medali sohiblari - «Nasaf» (Qarshi) va «Paxtakor» (Toshkent) klublari ishtirok etib, guruh bosqichi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradilar. Qo‘yida jamoalarimiz o‘rin olgan va olishi mumkin bo‘lgan guruhlardagi raqiblar haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Qur’a natijasiga ko‘ra, chempionimiz «Lokomotiv» jamoasi «B» guruhidan joy oldi. Dastlabki ikki o‘rin uchun kurashda «temiryo‘lchilar»ga Qatarning «Duhayl», Birlashgan Arab Amirliklarining «Al-Vahda» va «pley-off» bosqichida o‘zaro to‘qnash keladigan Eronning «Zob-Ohan» hamda Hindistonning «Aizavl» jamoalari qarama-qarshiligida g‘olib bo‘lgan jamoa qarshilik ko‘rsatadi.

Mirko Yelichich shogirdlari uchun asosiy raqib sifatida o‘tgan mavsum Qatar chempionligini qo‘lga kiritgan «Lahviya» va to‘rtinchi o‘rinni egallagan «Al-Jaish» klublari birlashtirib yuborilganidan so‘ng tashkil topgan «Duhayl» jamoasini ko‘rsatish mumkin.

Ayni payt chempionatning 10ta turi ortda qolgan bir payt­da 9ta g‘alaba va bitta durang bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turgan doxaliklar OCHLda garchi ilk marta ishtirok etishayotgan bo‘lsada (yangi jamoa sifatida), o‘z oldilariga yuqori maqsadlarni qo‘yishgani aniq.

BAA chempionatining 2016|2017 yillar mavsumida 5-o‘rinni egallagan Abu Dabining «Al-Vahda» klubi esa joriy mavsum hozircha kuchli uchlikdan joy olib kelmoqda va bir xil ochko to‘plab, qo‘shhokimlik qilayotgan «Al-Vasl» hamda «Al-Ayn»dan 2 ochko ortda bormoqda.

Jamoa chempionatning 10ta turi ortda qolgan bir paytda 6ta g‘alaba, 2tadan durang va mag‘lubiyat qayd etgan. OCHL-2017da guruhda so‘nggi o‘rinni egallagan (1ta g‘alaba, 1ta durang, 4ta mag‘lubiyat). Tarkibida BAAning mashhur futbolchisi Ismoil Matar to‘p suradigan bu jamoa ham guruhdan chiqishga harakat qilishi aniq.

Guruhga «pley-off» orqali yo‘llanma olishga shaylangan Eronning «Zob-Ohan» jamoasini ham hisobdan chiqarmaslik lozim. Garchi, isfaxonliklar joriy mavsum 15ta o‘yindan keyin 4ta g‘alaba, 7ta durang va 4ta mag‘lubiyat qayd etib, 19 ochko bilan turnir jadvalining 10-o‘rnida borayotgan bo‘lsalarda, OCHL guruh bosqichiga chiqishga astoydil urinib ko‘rishadi.

Chempionatda sovrinli o‘rinlardan birini egallashga deyarli imkoni qolmayotgan jamoa bor e’tiborini OCHL bahslariga qaratishi tabiiy. Qayd etish lozimki, eronliklar OCHL-2017da «S» guruhida qatnashib, 2ta g‘alaba, 1ta durang va 3ta mag‘lubiyat bilan 7 ochko to‘plagan holda o‘z kvartetlarida 3-o‘rinni band etishgan. Aytgancha, eronliklar oldingi mavsum to‘rtinchi o‘rinni egallash orqali OCHL «pley-off»ida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishgan.

«Zob-Ohan»ning guruh bosqichiga yo‘l olishiga to‘sqinlik qilish huquqi Hindistonning «Aizavl» jamoasi chekiga tushgan. Futboli uncha rivojlanmagan hind diyori vakili 2017 yilgi mavsum milliy futbol ligasida ishtirok etib, 10 jamoa orasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Bilasiz, Hindistonda superliga ham mavjud.

«Aizavl» esa garchi milliy futbol ligasi chempioni bo‘lsada, yaqinda boshlangan superliga bahslarida ishtirok etmayapti. Qolaversa, amaldagi chempionlar superliga bilan parallel boshlangan milliy futbol ligasining navbatdagi chempionatida hozircha bitta bahs o‘tkazib, durangga erishishdi va 5-o‘rindan joy olishgan.

Qayd etish lozimki, Hindiston milliy futbol ligasida 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tgan, «Aizavl» zaxirasida esa 2ta o‘yin bor. Fikrimizcha, «Aizavl» va «Zob-Ohan» juftligining so‘zsiz favoriti eronliklar hisoblanishadi. Qolaversa, o‘tish o‘yini Isfaxonda o‘tkazilishi forslarga qo‘shimcha ustunlik beradi.

Shunday ekan, isfaxonliklarni bemalol «V» guruhining to‘rtinchi jamoasi sifatida qayd etsak bo‘laveradi. Faqat buni rasmiylashtirish qoldi, xolos.

Toshkentning «Paxtakor» klubi «pley-off» bosqichida Qatarning «Al-Garafa» klubini safarda mag‘lub etishni uddalasa, DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:42, 22.12.2017.
O'qildi: 7682 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.