Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Shamil Iseev: «Talablar o‘zbek futbolining rivojlanishiga xizmat qiladi»

Shamil Iseev: «Talablar o‘zbek futbolining rivojlanishiga xizmat qiladi»

Baho:
+ | -

Superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilishi haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, klub futbolchilarini O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan bu kabi test-sinovlaridan o‘tkazilishi o‘zbek futbolida ilk marta amalga oshirilmoqda.

Mazkur test-sinovlari tizimi O‘zbekiston Futbol Federasiyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari pedagogika fanlari nomzodi, professor Shamil Iseev hamda professor Rahmon Nurimov tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, tasdiqlangan reja asosida mavsum davomida uch marotaba o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda Superligada ishtirok etuvchi klublar futbolchilaridan normativlarni qabul qilib olayotgan professor Shamil Iseev klublar oldiga qo‘yilgan talablar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

“Milliy chempionatimizda ishtirok etuvchi futbolchilarning jismoniy holati O‘zbekiston futbol federasiyasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilgach, umumiy ahvol qoniqarsiz deb topildi. Futbolchilarning jismoniy holati 90 daqiqa yuqori tempda to‘p surishga yaramaydi. Bu esa o‘z o‘rnida terma jamoalarimizga xalqaro uchrashuvlarda pand bermoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok eta olmadi. Xalqimiz uzoq vaqtdan beri terma jamoamizdan Jahon chempionati yo‘llanmasini kutyapti.

Bu safar ham JCH yo‘llanmasi orzuligicha qoldi. Mana shunday salbiy holatlarni bartaraf etish, milliy terma jamoalarimizga jismoniy jihatdan kuchli futbolchilarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan milliy chempionatimizda ishtirok etuvchi futbolchilardan  normativlar qabul qilmoqda.

Ushbu normativlar birinchi navbatda klublar murabbiylari uchun yordam. Biz har har bir futbolchining jismoni holatini tekshirib, klub bosh murabbiyiga natijalarni taqdim qilmoqdamiz.

Normativlarni topshira olmayotgan futbolchilar uchun  murabbiylar individual tarzda dastur ishlab chiqib, ana shu dastur asosida mashg‘ulotlarni belgilab berishadi.

Fevral oyida futbolchilardan yana bir marta normativlar qabul qilinadi. Test-sinovlaridan o‘ta olmagan futbolchilar Superligada ishtirok eta olmaydi.

 Normativlar haqida

 Milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublar futbolchilaridan olinayotgan normativlar 4ta bosqichdan iborat.

 1. 30 metrga yugurish

2. Turgan joyidan uzunlikka sakrash

3. 7x50 metrga yugurish

4. "Yo-Yo" test

30 metrga yugurish.

Bu holatda futbolchilar 30 metr masofaga belgilangan vaqt oralig‘ida yugurishlari kerak bo‘ladi. Bunda futbolchilarning tezligi sinovdan o‘tkaziladi. Barchaga yaxshi ma’lum, tezkorlik zamonaviy futbolning eng asosiy talablaridan biri. Ayniqsa, hujumchilar uchun tezlik birinchi o‘rinda turadi.

Uzunlikka sakrash.

Uzunliikka sakrash orqali futbolchilarning jismoniy kuchi tekshiriladi. Ayniqsa, darvozabonlar uchun bu juda kerak. Futbolchilar belgilangan uzunlikka sakrashlari kerak

7 marta 50 metrga yugurish.

Bunda futbolchilarning tezligi va chidamkorligi sinovdan o‘tadi. Futbolchilar 50 metr masofaga yugurib, yana ortga qaytishadi. Bu holat 7 marta takrorlanadi.

 «Yo-Yo» test

 Bunday normativ Yevropa klublarida ham mavjud bo‘lib, futbolchilar 20 metr masofaga signal bo‘yicha yugurishadi. Bunda tezkorlik, diqqatni jamlash, jismoniy kuch sinovdan o‘tadi.

Barcha normativlar zamonaviy texnologiyalar yordamida olinayotganini ham ta’kidlab o‘tish kerak. Maxsus elektron xronometrlar futbolchilarning harakatini fiksasiya qilib, aniq  natijalarni chiqarib bermoqda.

Ayni paytda “Olmaliq”, “Mash’al”, “Navbahor”, “Qo‘qon”, “Sementchi” klublari futbolchilari normativlarni topshirishdi. Qolgan jamoalar quyidagi jadval asosida normativlar topshirishadi:

"Metallurg" - 25.12.2017

"Buxoro" - 25.12.2017

"Paxtakor" - 26.12.2017

"Bunyodkor" - 26.12.2017

"Qizilqum" - 27.12.2017

"Nasaf" - 28.12.2017

"Lokomotiv" - 29.12.2017

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:12, 22.12.2017.
O'qildi: 1588 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.