Tunda APLning 19-turi doirasida Londonda “Arsenal” “Liverpul” bilan kuch sinashdi.
Bahsning 52-daqiqasiga qadar “kanonirlar” 0:2 hisobida ortda borayotgandi. Biroq 388 soniya ichida londonliklar Simon Minyole darvozasini uch bor nishonga oldi va hisobda oldinga chiqishga erishdi.
Yakunda tomonlar jangovor 3:3 hisobidagi durangni qayd etishdi.