Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Marselo: «Real»ning tarixiy yurishi yakuniga yetmadi»

Marselo: «Real»ning tarixiy yurishi yakuniga yetmadi»

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo “Barselona”ga uchralgan mag‘lubiyat (0:3) dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Ikkinchi gol va qizil kartochka vazifamizni yanada qiyinlashtirdi. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynagan edik.

Hatto, ikkita gol o‘tkazib yuborgandan keyin ham gol urish uchun harakat qildik. Ammo o‘zingiz ko‘rib turibsiz, nimalar bo‘lganini.

Endi harakatda to‘xtab qolmasligimiz kerak. Ba’zi kunlar omadli ba’zi kunlar omadsiz bo‘ladi. Biz Zidan bilan oxirigacha birgamiz.

“Real” futbolchilari uni to‘liq qo‘llab-quvvatlashadi. Bu yerda hech qanday shubha bo‘lmasligi kerak. Balki, muxlislar biz Zidan bilan bu yil qo‘lga kiritgan sovrinlarimizni esidan chiqarishi mumkin. Lekin bugun bizning tarixiy yurishimiz yakuniga yetmadi.

“Real” g‘alaba qozonish uchun qo‘lidan kelgan ishni amalga oshirdi, ammo “Barselona” gol urishda bizni mag‘lub etdi”, – deydi Marselo.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 23:44, 23.12.2017.
O'qildi: 4938 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик