Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 03:00 Panama 2-1 AQSh
28/06 06:00 Urugvay 5-0 Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona 4-2 Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum 1-0 OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya 3-0 Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay 1-4 Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya
30/06 05:00 Kanada - Chili
30/06 05:00 Argentina - Peru
30/06 21:00 Angliya - Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya - Gruziya

«Qizil guldasta» yoxud Serxio Ramosning barcha qizil kartochkalari

«Qizil guldasta» yoxud Serxio Ramosning barcha qizil kartochkalari

Baho:
+ | -

Serxio - ajoyib himoyachi va «Real» tarixidagi bir qator muhim gollar muallifi. Ammo «Madrid» sardorining qizil rangga haddan ortiq oshufta ekanligi ham bor gap.

Mana, u «Atletik»ka qarshi kechgan 14-tur o‘yini (0:0)da o‘z hisobini yana bitta «qizil» bilan to‘ldirib, bu borada Ispaniya La-ligasi mutlaq antirekordchisiga aylandi!

Oddiy aytganda, Ramos Primero doirasida naq 19-o‘yinni qizil kartochka tufayli barvaqt yakunlab, allaqachon nafaqaga chiqqan Pablo Alfaro va Xavi Aguado (18 martadan chetlatilgan)dan o‘zib ketdi.

Darvoqe, Serxio yoshligida «Sevilya»da aynan «yovvoyi» laqabi bilan tanilgan Alfaro bilan to‘qnash kelgan. Shu ma’noda aytsak, Ramos o‘z ustozini ortda qoldirishga ulgurdi.

Ikkinchi tomondan qarasak, Pablo butun faoliyati davomida 27ta «qizil» to‘plagan. «Real» sardorining barcha turnirlarda to‘plagan «qizil guldasta»si esa 24ta «g‘uncha»dan iborat.

Ammo shu ketish bo‘lsa, u umumiy hisob-kitob bo‘yicha ham Alfarodan o‘zib ketsa kerak hali... Xullas, antirekord bahona Ramosning «qizil dunyosi»ga birrov nazar solamiz.

{       Ramos «Madrid» libosidagi ilk mavsumda naq 4 marta o‘yindan vaqtliroq chiqib ketgan! O‘sha vaqt Zidan murabbiy emas, o‘yinchi edi.

To‘g‘ri, Kataloniya poytaxtidagi o‘yinda Zizu maydonga tushmagan, ammo u Ramos uchun alohida tarixning boshlanish nuqtasi hisoblanadi - birinchi qizil kartochkani unutish mumkin-mi?

{       Serxio Ispaniya chempionatida ilk marta «qizil» olganidan atigi 10 kuncha o‘tib, CHLda ham bu borada o‘zini «ko‘rsatgan».

{       Ramos «Real» safidagi yubiley 300-o‘yinida 14-marta «qizil» olib, klub antirekordini qayd etgan.

{       Serxio bir safar atigi 42 soniya ichida ikki bora ogohlantirilgan va...

{       Qahramonimiz CHL doirasida «Galatasaroy» bilan kechgan bahsning 26-daqiqasidayoq «qizil»ga mubtalo bo‘lgan - bu uning eng erta chetlatilishi.

{       Serxio hisobidagi 24ta «qizil»dan naq 5tasi «El-klasiko», ya’ni «Barselona» bilan o‘yinlarga to‘g‘ri keladi.

{          «Real» Ramos maydondan chetlashtirilgan 24ta o‘yinda quyidagi statistikaga ega:  11ta g‘alaba, 8ta durang, 5ta mag‘lubiyat, to‘plar nisbati - 50:38.

Serxio Ramos qizil kartochka olgan o‘yinlar

№ 1. 18.09.2005. La-liga. «Espanyol» - «Real» - 1:0

№ 2. 29.09.2005. Chempionlar Ligasi. «Real» - «Olimpiakos» - 2:1

№ 3. 27.11.2005. La-liga. «Real Sosyedad» - «Real» - 2:2

DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:43, 25.12.2017.
O'qildi: 4025 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.