Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

O‘zbekiston nomini yuksaklarga ko‘targan sportchilarga pul mukofotlari topshirildi

O‘zbekiston nomini yuksaklarga ko‘targan sportchilarga pul mukofotlari topshirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi Toshkentdagi “Miran” mehmonxonasida yil yakunlariga bag‘ishlangan kecha tashkil etib, unda bir necha nominasiyalar bo‘yicha g‘oliblar nomini e’lon qildi.

Tadbirda joriy yilning 30 noyabr - 6 dekabr kunlari AQSHning Anaxaym shahrida bo‘lib o‘tgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining g‘olib va sovrindorlariga davlat tomonidan ajratilgan pul mukofotlari topshirildi.

Avval xabar berib o‘tganimizdek, AQSHda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk marotaba musobaqani kuchli uchlikda yakunlagandi.

O‘zbekistonlik sportchilar Doston Yoqubov 69 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 94 kg vazn toifasida Farxodbek Sobirov kumush medal bilan taqdirlangandi.

Shuningdek, Ivan Yefremov 105 kg vaznda bittadan kumush va bronza medallariga ega chiqqandi. Bundan tashqari, Adhamjon Ergashev (62 kg.) delegasiya hisobiga bronza medalini qo‘shib qo‘ygandi.

Taqdirlash marosimida oltin medal sohibi Doston Yoqubovga 12 000, Farxodbek Sobirov va Ivan Yefremovlarga 6 000 va Adhamjon Ergashevga 3 000 AQSH dollari miqdorida mukofot pullariga sertifikatlar topshirildi.

Doston Yoqubov shuningdek, O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi tomonidan “Yilning eng yaxshi sportchisi” deya e’lon qilindi va diplom hamda esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Dostonning ustozi Farxod Mirzadjanov esa “Yilning eng yaxshi murabbiyi” nominasiyasida g‘olib chiqdi va federasiya rahbariyati tomonidan mukofotlandi.

Federasiyaning rag‘batlantiruvchi mukofotlari ko‘p yillik samarali mehnatlari uchun sport faxriysi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Erkin Karimov va O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi katta murabbiyi Boris Savchenkoga topshirildi.

“Yilning eng yaxshi hududiy federasiyasi” nominasiyasida esa Xorazm viloyati bo‘limi terma jamoasi g‘olib deya topildi.

Eslatib o‘tamiz, Doston Yoqubov 2 dekabr kuni siltab ko‘tarishda 179 kg. og‘irlikni o‘ziga bo‘ysundirib, final bosqichi ishtirokchilari orasida eng yaxshi natijani qayd etgan holda oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.

Akmalxon Eshonxonov

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 10:37, 27.12.2017.
O'qildi: 3159 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.