Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

«Navbahor» o‘rtoqlik o‘yinda «Andijon»ni mag‘lub etdi

«Navbahor» o‘rtoqlik o‘yinda «Andijon»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

2018 yilgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Navbahor" bugun "Andijon" jamoasiga qarshi mavsumlar oralig‘idagi dastlabki nazorat o‘yinida maydonga tushdi. "Navbahor-Umid" futbol maktabining sun’iy qoplamali maydonida o‘tgan bahsda futbolchilarimiz asosan ustunlikka erishishdi. Uchrashuv boshida A’zam Aliyev o‘ng qanotdan boshlangan hujumni samarali yakunladi. Tanaffusga qadar imkoniyatlar bo‘lsada birinchi bo‘limda 1:0 hisobi saqlanib qoldi. Ikkinchi bo‘limda murabbiylarimiz maydonga yoshlarni tushirishdi. Shunday bo‘lsada, "Navbahor" g‘alabani mustahkamlashni uddasidan chiqdi. Avvaliga Ravshan Hursanov ikkinchi golga mualliflik qildi. Andijonliklar shundan so‘ng javob to‘pini kiritib, keskinlikni qaytargandek bo‘lishdi. Lekin bahs oxirlarida Akmal Turg‘unboyev uchinchi golni urdi. Yakunda 3:1 hisobi qayd etildi.

Andijonliklar bilan o‘tgan uchrashuvda jarohat tufayli, Asilbek Amanov, Mirzohid G‘ofurov va Ro‘zimboy Ahmedovlar maydonga tusha olishmadi.

Jamoamiz uchrashuvni quyidagi tarkibda o‘tkazdi: Mirzohid Mamatxanov, Yunusbek Abduvohidov, G‘iyos Komilov, Jahongir Mehmonov, Ilhom Boydedayev, Dilshod Jabborov, A’zam

Aliyev, Azizbek Turg‘unboyev, Abbos Maxstaliyev, Oston O‘runov, Ravshan Hursanov. Zaxiradan maydonga tushganlar: Hojiakbar Yunusov, Akmal Turg‘unboyev, Ahmad Mamadaliyev, Abbos G‘ulomov, Iskandar Siddiqjanov, Bilol Toshmirzayev.

"Navbahor" klubi matbuot xizmati.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:39, 27.12.2017.
O'qildi: 2215 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.