Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/10 00:00 Alaves 1-1 Malaga
24/10 00:00 Ipsvich 1-1 Nottingem Forest
24/10 16:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
24/10 17:00 Rayo Valyekano 0-3 Elche
24/10 18:00 Kalyari 0-2 Bolonya
24/10 18:00 Komo 2-0 Sassuolo
24/10 18:00 Nasaf 2-1 So‘g‘diyona
24/10 19:00 Arsenal 2-0 Everton
24/10 19:00 Koventri Siti 0-1 Fulhem
24/10 19:15 Rasing 2-1 Espanyol
24/10 21:00 Napoli 3-3 Roma
24/10 21:30 Valensiya 1-2 Vilyarreal
24/10 21:30 Chelsi 0-2 Tottenhem
24/10 23:45 Lasio 2-1 Parma
25/10 00:00 Atletiko 1-0 Deportivo
25/10 16:00 OKMK - Qo‘qon-1912
25/10 16:30 Inter - Fiorentina
25/10 18:00 Atletik Bilbao - Xetafe
25/10 18:00 Qizilqum - Lokomotiv
25/10 18:15 Dinamo - Andijon
25/10 19:00 Kristal Pelas - Nyukasl
25/10 19:00 Xall Siti - Brentford
25/10 19:00 Liverpul - Brayton
25/10 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
25/10 19:00 Atalanta - Frozinone
25/10 19:00 Jenoa - Venetsiya
25/10 20:15 Selta - Betis
25/10 21:30 Sanderlend - Lids
25/10 22:00 Lechche - Yuventus
25/10 22:30 Real Sosyedad - Levante
26/10 00:45 Udineze - Milan
26/10 01:00 Barselona - Real Madrid
26/10 18:30 Xorazm - Navbahor

Hakamlik, nazoratchilar, PFL komissari va boshqa rasmiylar faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritildi

Hakamlik, nazoratchilar, PFL komissari va boshqa rasmiylar faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritildi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha musobaqalarning 2018 yilgi reglamentida hakamlik, uchrashuv nazoratchisi, PFL komissari hamda boshqa rasmiylarning faoliyati borasida o‘zgartirishlar kiritildi.

Hakamlik ayni reglament asosida, “Futbol o‘yini qoidalari” (2017-2018 yillar nashri), shuningdek FIFA tomonidan kiritilgan o‘zgarish hamda to‘ldirishlar bo‘yicha amalga oshiriladi; 

- Hakamlikka O‘FF Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan, PFL bosh direktori bilan kelishilgan holatda O‘FF hakamlik va nazoratchilik qo‘mitasi tomonidan tavsiya etilgan hakamlargina qo‘yiladi; 

- Superliga, PRO-Liga, shuningdek ikkinchi liga ikkinchi bosqich o‘yinlariga va O‘zbekiston kubogi uchrashuvlariga hakamlarni tayinlash O‘FF hakamlik va nazoratchilik boshqarmasi tayinlov bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi; 

- Superliga asosiy tarkiblar o‘yini bosh hakami o‘yindan bir kun oldin, PRO-Liga va Superliga yoshlar tarkiblari o‘yinlari bosh hakami esa o‘yin boshlanishiga kamida 1,30 soat qolganidan o‘yin nazoratchisi va ikkala jamoa vakillari bilan kelishgan holda jamoalarning liboslari rangini aniqlab olishi lozim. O‘ynaydigan jamoalar libosi (futbolka va getrilari) bir-biridan rang jihatidan farq qilishi zarur. Agar ranglar o‘xshash bo‘lib qolsa, mezbon jamoa libosini o‘zgartiradi. Agar hakamlar libosi rangi futbolchilarniki bilan o‘xshash bo‘lsa, hakamlar libosini o‘zgartiradi. Agar hakamlar libosi rangi darvozabonlarniki bilan o‘xshash bo‘lsa, unda darvozabonlar libosini o‘zgartiradi; 

- O‘yin boshlanishidan kamida 1 soat oldin bosh hakam (o‘yin nazoratchisi bilan birgalikda) futbol maydonini ko‘zdan kechirishi va 5 ballik tizimda uni baholashi, shuningdek o‘yin qaydnomasiga bu haqda yozib qo‘yishi lozim; 

- Zaxira hakami o‘yin qaydnomasiga ismi kiritilgan futbolchi hamda rasmiy shaxslarning hujjatlarini tekshirib chiqishi lozim. U har ikki jamoa rahbarlari bilan birgalikda sportchilarning o‘yinga qo‘yilishini nazorat qilishga mas’ul; 

- O‘yin yakunlanganidan so‘ng bosh hakam nazoratchi va PFL komissari bilan birgalikda 30 daqiqa ichida o‘yin qaydnomasini to‘ldirishi lozim.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 18:35, 30.12.2017.
O'qildi: 4473 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик