Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

9 yanvar kuni U-23 Osiyo chempionati musobaqasi boshlanadi

9 yanvar kuni U-23 Osiyo chempionati musobaqasi boshlanadi

Baho:
+ | -

9 yanvar kuni Xitoy mamlakatida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati musobaqasi boshlanadi.

Ushbu musobaqa uchinchi marta o‘tkazilmoqda. Dastlabkisi, 2013 yil Ummon davlatida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda finalga Iroq va Saudiya Arabistoni terma jamoalari yetib kelishgan. Final uchrashuvi Iroq terma jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgandi. Uchinchi o‘rin Iordaniya terma jamoasiga nasib etgan.

U-23 Osiyo chempionatining ikkinchisi 2016 yil Qatarda bo‘lib o‘tgan. Bu musobaqada yuqori o‘rinlarni egallagan jamoalarga Rio-2016 Olimpiadasiga yo‘llanma taqdim etilardi. Finalga Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari yetib kelishdi. Yaponiyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlikka erishishgan. Uchinchi o‘rin Iroq terma jamoasiga nasib etgan.

9 yanvar kuni uchinchi bor o‘tkazilayotgan U-23 Osiyo chempionatiga start beriladi. Musobaqada jami 16ta terma jamoa qatnashadi. O‘tgan yilning 24 oktyabr kuni mazkur musobaqaga qur’a tashlangan bo‘lib, jamoalar quyidagi guruhlardan joy olishgan:

"A" guruhi - Xitoy, Qatar, O‘zbekiston, Ummon
"B" guruhi - Yaponiya, KXDR, Tailand, Falastin
"C" guruhi - Iroq, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Malayziya
"D" guruhi - Janubiy Koreya, Avstraliya, Suriya, Vyetnam

Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz 4 yanvar kuni Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Xitoyga uchib ketishadi. Vakillarimiz guruh uchrashuvlarini quyidagi taqvim asosida o‘tkazishadi:

9 yanvar soat 16:30 Qatar - O‘zbekiston

12 yanvar soat 13:00 O‘zbekiston - Xitoy

15 yanvar soat 13:00 Ummon - O‘zbekiston

*O‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 14:58, 02.01.2018.
O'qildi: 8488 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик