“Liverpul” klubi himoyachisi Ragnar Klavan “Bernli”ga qarshi o‘yindan (1:2) keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“G‘alaba muhim edi. Golni men urdimmi? Ajoyib. Chiziqdan o‘tib ketgandim, shuning uchun gol ekanligiga shubhalandim. “Bernli” maydonida o‘ynash juda murakkab vazifa. Biz ajoyib o‘yin namoyish qildik”, - deydi Klavan.
Ma’lumot uchun, Klavan APL tarixida birinchi marta gol urgan estoniyalik futbolchiga aylandi.