Madridning “Atletiko” klubi rahbariyati himoyachi Shime Vrsalkoni jamoada olib qolmoqchi.
Xabarlarga ko‘ra, “matraschilar” bosh murabbiyi Diyego Simeone 25 yoshli futbolchini qo‘yib yuborish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan.
Vrsalko xizmatiga hozirda Italiyaning “Napoli” klubi qiziqish bildiryapti. Ma’lum bo‘lishicha “Atletiko” rahbariyati Shimening transfer huquqlarini yopib qo‘ygan.
Avvalroq, Shime “Napoli” safiga 20 million evaziga qo‘shilishi kutilayotgandi.