Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Murod Xolmuhammedov: «Endi har bir ochko oltinga teng bo‘ladi»

Murod Xolmuhammedov: «Endi har bir ochko oltinga teng bo‘ladi»

Baho:
+ | -

2017 yilda “Qo‘qon-1912” jamoasi safiga kelib qo‘shilgan Murod Xolmuhammedov qisqa fursat ichida jamoaning yuragiga aylandi. U o‘zining ishonchli o‘yinlari orqali jamoamiz muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo‘sha oldi. Yaqinda qo‘qonlik futbol muxlislarining yoqimtoyiga aylangan futbolchimiz bilan qisqacha suhbatlashdik.

- 2018 yilda chempionat formati o‘zgardi. Endi superligada 12 ta jamoa o‘ynaydi. Bu o‘zgarishga sizning munosabatingiz qanday?

- Jamoalar sonining 12 ta bo‘lishi chempionat saviyasini oshishiga sabab bo‘ladi. Endi har bir o‘yin, har bir ochko oltinga teng bo‘ladi, deb o‘ylayman. O‘zbekiston chempionatida nechta jamoa ishtirok etishini O‘FF hal qiladi. 12 jamoa bo‘lgani yaxshimi yoki 16 ta bo‘lgani yaxshimi buni vaqt ko‘rsatadi. Yakuniy xulosaga kelishga shoshilmagan ma’qul.

- Futbolchilardan endi jismoniy testlar olinishiga fikringiz?

To‘g‘risini aytsam, O‘FFning jismoniy testlar borasidagi qarorini hech bir futbolchi kutmagan edi. Federasiya rahbarlari o‘zbek futbolining rivojlanishini xohlayotgani yaqqol sezilmoqda. Jismoniy testlarga keladigan bo‘lsak, mening fikrim kim qanaqa jismoniy kuchga ega bo‘lsa, shu holicha qoladi. Jismoniy testlar kimnidir jismoniy jihatdan kuchaytiradi, deb o‘ylamayman. Lekin biz futbolchilar o‘zimizga qo‘yilgan talablarni bajarishga harakat qilamiz.

- O‘FF klublar oldiga jiddiy talab qo‘ymoqda. "Qo‘qon1912"  bunday talablarga tayyormi ? Nima deb o‘ylaysiz ?

- O‘ylashimcha, “Qo‘qon-1912” klubi stadionining holati hozirgi talablarga javob bermaydi. Buni hamma biladi. Lekin xavotirga o‘rin yo‘q. “Markaziy” o‘yingohda ta’mirlash ishlari boshlandi. Jamoamiz O‘FF talab qilgan qarorlarni to‘liq bajara oladi, deb aniq ayta olaman.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 16:18, 04.01.2018.
O'qildi: 2297 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.