Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Javlon Ibrohimov: “Endi Superliganing har bir uchrashuvi xuddi finaldek o‘tadi”

Javlon Ibrohimov: “Endi Superliganing har bir uchrashuvi xuddi finaldek o‘tadi”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol federasiyasi va professional futbol ligasi tomonidan futbolimizni isloh qilish borasida qator samarali ishlar olib borilmoqda. Chempionatimiz formati o‘zgartirilib, klublarning professional faoliyatini ta’minlash maqsadida bir qator o‘rinli talablar qo‘yilmoqda. Shuningdek, futbolchilarning jismoniy holatini kuchaytirish bo‘yicha normativlar olinib, terma jamoalar manfaatini yo‘lida foydali yangiliklarga qo‘l urildi. Bu borada “Bunyodkor” jamoasi sardori Javlon Ibrohimov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Avvalo, O‘zbekiston futbol federasiyasi va professional futbol ligasida ish boshlagan yangi rahbariyatga omadlar tilayman. Ular tomonidan olib borilayotgan ishlarga yuqori baho beraman. Yurtimizdagi 2017 yilgi futbol mavsumini O‘zbekiston kubogi finali yakunlab berdi. Ko‘pchilikka yaxshi ma’lumki, final bahsi juda yuqori saviyada tashkil etildi. Maydonda “Lokomotiv” va “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida murosasiz kurash kechdi. Stadiondagi muhitni esa ta’riflab bo‘lmaydi. Bilasizmi, futbolchilik faoliyatim mobaynida ichki musobaqalarda bunday ko‘p muxlis yig‘ilganini ilgari ko‘rmagandim. Shuning o‘zi ko‘rsatib turibdiki, xalqimiz futbolni sevadi”.

“Fikrimcha, endi 2018 yilgi Superliga bahslari xuddi final bahsidek o‘tadi. Chunki endi oddiy o‘yinlarning o‘zi qolmadi. 12talik formatdagi har bir bahs murosasiz va keskin o‘tishiga shubha yo‘q. O‘ylab ko‘ring, qandaydir ochkolar Sizni yo chempionlik uchun kurashga qo‘shadi yoki Superligada jon saqlab qoladigan guruhga tushirib yuboradi. Qolaversa, “oltin ochkolar” hisob-kitobi ham o‘ziga xos yangilik bo‘ldi. Bu endi har bir raqib bilan bo‘ladigan bahsda ochko jamg‘arish kerakligini ko‘rsatib turibdi. Shu orqali ham muxlislarning qiziqishi ortishi aniq”.

“Keskinlik va murosasizlikning oshishiga xizmat qiladigan yana bir jihat bu – normativlardir. Futbolchilar endi jismoniy holatlarini mavsum davomida yuqori saviyada ushlab turishlari kerak. Ayniqsa, qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida olinadigan yuklamalar kuchliroq bo‘lsa, bu futbolchining mavsumning oxirigacha jismoniy holati yetuk bo‘lishini ta’minlaydi. Mana shunday yuklamalarga dosh berolgan futbolchilar va jamoalarning g‘alabalari ham ko‘proq bo‘ladi. Bundan esa eng avvalo terma jamoalarimizga ko‘proq foyda. Vatanimiz jamoalariga kirish uchun futbolchilar ichida raqobat oshadi. Terma jamoalar murabbiylari ro‘yhatida qancha nomzod ko‘p bo‘lsa, o‘ylaymanki, xalqaro turnirlardagi g‘alabalarimiz ham salmoqli bo‘ladi”, - deydi “Bunyodkor” sardori Javlon Ibrohimov.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 22:29, 06.01.2018.
O'qildi: 2543 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.