Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Timur Kapadzening xorij nashriga bergan intervyusi

Timur Kapadzening xorij nashriga bergan intervyusi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bir necha hafta oldin O‘zbekiston chempionatining 10 karra chempioni Timur Kapadze o‘z faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi. Qozog‘istonning eng ko‘zga ko‘ringan nashrlari biri ushbu mamlakat futbolida yaxshi iz qoldirgan Timur Kapadze bilan intervyu uyushtirdi. Qozog‘istonlik muxlislar ushbu futbochini yaxshi tanishadi. U o‘z vaqtida “Aktobe”ning yorqin yulduzlaridan biri edi.

Timur siz bir necha hafta oldin butsangizni mixga osdingiz. Bunga nima sabab bo‘lganini ayta olasizmi?

- Shuni aytishim lozimki, bir kun kelib har bir futbolchi ushbu masala bilan yuzma-yuz keladi, bugun bo‘lmasa, keyingi yil. Menga bu qarorni qabul qilish, albatta, qiyinchilik tug‘dirdi, ammo o‘ylashimcha bu yoshga yetgan futbolchi o‘sishni to‘htatadi. Biz buni tan olamizmi, yo‘qmi, bu yoshga kelib o‘yinchi sog‘lik, tiklanish va zaxira o‘rindig‘idan joy olish kabi muammolarga duch keladi.

Men o‘z faoliyatimni yaxshi ruhda, ya’ni, O‘zbekiston chempioni va Kubogi soxibi sifatida yakunladim. Xozirda mening oldimda murabbiylik sir-asrorlarini o‘rganish turibdi. Bilaman bir jamoani boshqarish oson ish emas, natijani – vaqt ko‘rsatadi.

Qaysi jamoada o‘z faoliyatizni davom etirasiz?

- Toshkentning “Lokomotiv” klubi rahbariyati menga klubni tark etmasiligimni va murabbiylar shtabidan bosh murabbiy o‘rinbosari lavozimini taklif qildi. Shuni aytishim kerakki, xozirda men B va C toifadagi lisenziyaga egaman.

Faoliyatingizni yakunlashingiz bilan birgalikda o‘zbek futbolining bir davri tugayotganini his etyapsizmi, guvoxi bo‘layotganingizday xozirda o‘zbek futboliga tubdan o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Va bu islohotlar bo‘yicha fikringiz bizni qiziqtiradi?

- Bunday his menda aslo yo‘q. Islohotlar haqida o‘z fikrimni aytish men uchun qiyin, agar ushbu o‘zgarishlar bizning sportni yuqori darajaga ko‘tarsa, men bag‘oyat xursand bo‘lardim.

Qozog‘iston futbolini kuzatib borasizmi? “Aktobe”da 3 yil faoliyat olib borgansiz, ushbu jamoadagi vaziyat haqida nima deya olasiz?

- Albatta, Qazoqiston futboli, “Aktobe”ga ham qiziqishim katta. Xabaringiz bor, oxirgi yillarda u jamoada katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda, jamoa ustozlari ketma-ket almashyapti, yangi futbolchilar kelib qo‘shilmoqda, bu omillar, albatta, klubga katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘ylashimcha, har bir jamoa har tomonlama barqaror bo‘lishi lozim. Murabbiylarni ketma-ket har yil almashtirish maqsadga muvofiq harakat deb o‘ylamayman. Har bir mutaxassisga jamoga moslashishi uchun vaqt kerak va futbolchilar o‘rtasida do‘stona aloqa, o‘zaro tushunish yuqori darajada bo‘lishi shartdir.

Qozog‘iston chempionatida ikki yarim mavsum o‘tqazganizni qanday baholaysiz?

- Bilasizmi, natijalar bo‘yicha baholay olaman. O‘sha ikki yarim mavsumda men 5 turnirda yuqori pog‘onalarni qo‘lga kiritdim. Qozog‘iston chempionatida oltin, kumush va bronza, Qozog‘iston Super kubogi va finalda o‘ynaganim uchun medalni qo‘lga kiritganman. O‘sha davrda “Aktobe” kabi jamoada o‘ynaganimdan va ajoyib muxlislarning olqishiga sazovor bo‘lganimdan xudoga shkur qilaman.

Siz bilan birga “Aktobe”ga o‘tgan Aleksandr Geynrix haqida nima deya olasiz, u hali ham faoliyatini tugatgani yo‘q. U qachon o‘z faoliyatini yakunlaydi?

– Bu Sashaning o‘ziga, ya’ni, jismoniy va ma’naviy tayorgariligiga bog‘liq. U ajoyib futbolchi, unga omad tilayman.

O‘zbekiston OAVdan biri hisoblangan SPORTS.uz sayti bir necha kun oldin “Buxoro” FK o‘yinchisi Ivan Nagayevning Qozog‘iston chempionatiga ko‘chib o‘tishi haqida xabarlar tarqatgan, bu haqida nima deya olasiz?

- Nagayevni yaqindan bilaman – u tezkor xujumchi. Nagayev ko‘chib o‘tishi, albatta, uning o‘ziga bog‘liq. Agar uning o‘yin uslubi jamoaga to‘g‘ri kelsa, Ivan Nagayevning qo‘lidan hamma narsa keladi.


O‘tgan kuz mavsumida O‘zbekston va Qozog‘iston terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tishi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Bunday baxs bo‘lib o‘tishi mumkinmi?

- Bu yaxshi fikr deb o‘ylayman. Birinchi navbatda bunday bellashuvlar bizga futbolimiz o‘rtasida aloqalarni mustahkamlaydi. Albatta, bunday uchrashuvni bo‘lib o‘tishi mumkin, ammo buni futbol Federasiyalar xohlashi kerak.

Qozog‘istonlik muxlislarga 2018 yilga qanday tilaklar tilaysiz?

- Hammaga sixat-salomatlik, baxt va omad tilayman. 2018 yil hammamiz uchun omadli bo‘lsin.

Manba: sports.uz
Kiritildi: 18:47, 07.01.2018.
O'qildi: 8961 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.