Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Yevropa top-5 chempionatlari chempionlik marrasiga nazar solamiz

Yevropa top-5 chempionatlari chempionlik marrasiga nazar solamiz

Baho:
+ | -

Yevropaning kuchli 5ta milliy ligasiga qarasak, ularning naq 4tasida chempionlik «intriga»si qolmadi, hisob.

Ya’ni Ispaniya, Angliya, Germaniya va Fransiya chempionatida asosiy masala yangi yil boshlanmasidanoq deyarli bir yoqli bo‘ldi.

«Barselona», «Manchester Siti», «Bavariya» va «PSJ» - bu klublarning may oyigacha peshqadamlik mavqeini yo‘qotishi uchun ulkan mo‘’jiza talab etiladi endi...

Ispaniya - primero

«Barselona» - yangi chempion

- «Barselona» - 5ta kuchli chempionatda yangi yilga qadar mag‘lubiyatga uchramagan 2ta klubdan biri. Yanvargacha 14ta g‘alaba va 3ta durang - aql bovar qilmas omadli start.

- Kataloniyaliklar yangi yilni eng yaqin ta’qibchi - «Atletiko»dan 9 ochkolik farq bilan qarshi olishdi. Amaldagi chempion - «Real» esa 14 ochko kam jamg‘ardi (zaxirasida 1ta o‘yin bor).

- «Blaugranas» o‘tgan mavsum 17ta turdan so‘ng «qaymoqranglilar»dan atigi 5 ochko ortda qolayotgandi. O‘zaro taqqoslasak, Ernesto Valverde jamoasi shu oraliqda Luis Enrikenikiga nisbatan 10 ochko ko‘p oldi - ajoyib o‘sish.

- «Barselona» himoyasiga tasanno: jamoa 17ta uchrashuvda atigi 7ta gol qo‘yib yubordi va naq 11ta o‘yinda o‘z darvozasini daxlsiz saqladi. Bu yerda Mark-Andre ter Shtegenni alohida e’tirof etish o‘rinli.

Zero, kataloniyaliklar raqiblarga xuddi «Jirona» kabi ko‘p zarba yo‘llash imkoniyatini berishyapti, faqat nemis golkiperi ularga to‘g‘anoq bo‘lmoqda.

- Gap-so‘zlarga qaraganda, Krishtianu Ronaldu to‘purarlar poygasida hali Lionel Messidan o‘zib ketishi haqida o‘z klubdoshlari bilan garov bog‘lagan ekan.

Biroq 18-turdan keyin o‘rtada 12ta golga teng farq yuzaga kelganini inobatga olsak, bunga ishonish qiyin. Har holda, Leo 16:4 ko‘rinishidagi ustunlikni boy berib qo‘ymasa kerak-ov...

Angliya - premyer-liga

«Manchester Siti» - yangi chempion

- «Manchester Siti» birinchi davra doirasidagi 19ta o‘yindan 18tasini o‘z foydasiga hal qildi. Agar «Siti» ikkinchi davrada «Everton»ni yengsami, unda bitta mavsum davomida APLdagi barcha raqiblar kuragini yerga tekkizgan jamoaga aylanadi.

- «Manchester Siti» oxirgi 35 yilda bir yil davomida oliy divizionda 100tadan ko‘p gol urgan Angliyaning birinchi jamoasi bo‘ldi. Bu boradagi mutlaq rekord «Aston Villa»ga tegishli - jamoa ikkinchi jahon urushidan oldin yil davomida 120ta gol urgandi.

- «Shaharliklar» birinchi davrada 60ta gol urish barobarida atigi 12ta qo‘yib yuborishdi. To‘plar nisbati }48ga teng va bu «MYU»nikidan ikki baravar yaxshi. Qolgan yetakchilar esa birinchi davrada hattoki, }20ga ham yetishgani yo‘q.

Xullas, mag‘rur Joze Mourinyo nima demasin, Angliyaning yangi chempioni hozirdan ma’lum, chog‘i. Har holda, Xosep Gvardiola bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqaradigan ahmoq emas, u hattoki, bahorda asosiy e’tiborni CHLga qaratgan taqdirda ham, APL tojini birovga berib qo‘ymaydi.

Germaniya - bundesliga

«Bavariya» - eski chempion

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:55, 08.01.2018.
O'qildi: 5846 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.