Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Qo‘qon-1912» nazorat o‘yinida «Mash’al»ga yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi

«Qo‘qon-1912» nazorat o‘yinida «Mash’al»ga yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi

Baho:
+ | -

Bugun Toshkentdagi yig‘in o‘tkazayotgan jamoamiz birinchi nazorat uchrashuvni o‘tkazdi. Uchrashuv futbolchilarimiz uchun omadli boshlandi.  Murod Xolmuhammedov 7-daqiqada penaltidan hisobni ochdi.

24-daqiqada Akram Bahriddinov hisobni tenglashtirdi. 40-daqiqada muborakliklar penalti tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Sardor Rahmonov muborakliklarni oldinga olib chiqdi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida futbolchilarimiz gol urish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Raqiblarimizni darvoza tusini goldan saqlab qoldi.

Ikkinchi bo‘limda tarkibimiz to‘liq yangilandi. Maydonga bir qator tajribali o‘yinchilar bilan bir qatorda sinovda bo‘lib turgan yosh futbolchilar tushishdi. Ikkinchi taym boshida yana penalti tepish huquqiga ega bo‘ldik. Bu safar Jalil Kimsanov penaltini aniq amalga oshira olmadi.

Uchrashuvning qolgan qismi teng kurashlar ostida o‘tdi. Jamoalar navbat bilan hujumlar tashkil etishdi. Ammo ulardan oqilona foydalanish nasib etmadi.

96-daqiqada Sanjar Zokirov uchinchi bor darvozabonimizni dog‘da qoldirdi. Ushbu o‘yin tomonlarning kelishuviga ko‘ra, bir soatdan bo‘lib o‘tdi. Aniqrog‘i, har bir taym bir soatdan o‘ynaldi. Bundan maqsad yangi futbolchilarni ko‘zdan kechirish edi.

Uchrashuv yakunlanishi arafasida Abdullox Olimov to‘rtinchi marta darvozamizni ishg‘ol etdi. Oradan hech qancha o‘tmay, Abdullox jamoasining beshinchi goliga mualliflik qildi.

Natijada birinchi nazorat uchrashuvi yirik mag‘lubiyat bilan yakunlandi. Ikkinchi taymda jamoamiz safida bir qator yosh futbolchilar harakat qilishganini ta’kidlash joiz.

Nazorat uchrashuvi

“Qo‘qon-1912” – “Mash’al” – 1:5 (1:2)

Gollar: M. Xolmuhammedov (pen), - A. Bahriddinov, S. Rahmonov (pen), S. Zokirov, A. Olimov 2 ta.

Bosh hakam: A. Najafaliyev.

“Qo‘qon-1912”: M. Abdullayev, M. Xolmuhammedov, A. Xolmurodov, A. Merzlyakov, J. Hasanov, D. Hoshimov, B. Akramov, S. Berdiyev, Q. Ro‘ziyev, N. Otaqo‘ziyev, B. Pardayev.

Zaxira: A. Ashurov, M. Hasanov, I. Malikjonov, S. Hamidov, R. Meliboyev, J. Kimsanov, I. Rahimov, I. Taran, J. Abduholiqov. X. Jakparov. O‘. Yusupov, I. Abdullayev.

“Mash’al”: J. Ilyasov, SH. Qilichev, I. Shoyqulov, M. Ubaydullayev, B. Qosimov, A. Shodmonov, S. Abduraimov, M. Safarov, A. Bahriddinov,  N. Pavlenko, X. Murtazoyev.

Zaxira: B. Nosirov, M. Kamolov, M. Meliyev, S. Meliyev, A. Inoyatov, H. Aliqulov, M. Toshpo‘latov, A. Begimqulov, SH. Eshbo‘tayev, A. Olimov, S. Rahmonov, S. Zokirov, F. Hasanboyev.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 09:11, 09.01.2018.
O'qildi: 3145 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик