Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Tiago Bezerra: "Hozir biz uchun juda muhim davr"

Tiago Bezerra: "Hozir biz uchun juda muhim davr"

Baho:
+ | -

Jamoamizning braziliyalik legioneri Tiago Bezerra Turkiyada davom etayotgan yig‘in xususida fikrlarini bildirdi.

- Mashg‘ulotlar yaxshi o‘tmoqda. Ayni kunlarda jismoniy va taktik tarafdan ko‘p ishlayapmiz. Yangi mavsumga tayyorgarlik vaqti juda muhim davr. Har kuni 2 mahaldan mashg‘ulot o‘tkazyapmiz. Yaxshi holatga kirib olish uchun mehnat qilish darkor. Ta’tildan keyin mashg‘ulotga qaytish qiyin, ammo bu o‘ta muhim palla. Yig‘inlarda o‘yinchilar bir-birini yaxshiroq o‘rganadi va tushunishni boshlaydi, jamoaviy ahillik oshadi. Murabbiyni ham yanada yaqindan bilamiz, uslubiga yaxshiroq ko‘nikamiz. Yangi futbolchilar jamoaga moslashishi jarayonini o‘taydi. Shu sababli yig‘inlar jamoaga katta yordam beradi.

Birinchi nazorat o‘yini qiyin kechdi, chunki ancha vaqt uchrashuvlarda maydonga tushmadik. O‘yin sur’atiga qaytish boshida qiyin kechadi. Tayyorgarligimiz 30 yanvarda o‘tadigan Chempionlar ligasi bellashuviga qaratilgan. Unga yaxshi holatda yetib borishga intilamiz.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 13:10, 09.01.2018.
O'qildi: 2653 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик